Muzalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muzalar (yun. musa) — 1) yunon mifologiyasida sanʼat, fan va poeziya maʼbudalari, Zevs va Mnemosinaning 9 qizi. Antik shoirlardan Gesiod (miloddan avvalgi 7-asr) 9 muzani eslatib oʻtadi. Xususan, Klio — tarix, Yevterpa — lirik poeziya, Taliya — komediya, Melpomena — temperaturagediya, Terpsixora — oʻyin, Erato — muhabbat lirikasi, Poligimniya — gimnlar, Uraniya — astronomiya, Kalliopa Muzalar va Musey torli cholgʻu asboblar bilan (Attika am-forasidagi surat, miloddan avvalgi taxminan 440 yil).

— epos maʼbudalaridir. Parnas va Gelikan togʻlari M.ning yoktirgan joylari hisoblangan. M.ning rahbari Apollon boʻlgan. M.ning ayrim nomlari key-inchalik sanʼatning turli koʻrinishlarida sinonim sifatida qoʻllanila boshlangan. M. obrazlari antik va Yevropa tasviriy sanʼatida (S. Bottichelli, Ya.Tintoretto va boshqa asarlarida) oʻz ifodasini topgan. 2) Kuchma maʼnoda M. — ilhom parilari. M. shoir va sanʼatkorlarga ilhom beradi deb hisoblangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil