Muzaffar Homidxonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muzaffar Zohidxonovich Homidxonov (1916.26.7 — Toshkent — 1972.25.6) — energetika sohasidagi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1966), texnika fanlari doktori (1961), professor (1962). Oʻrta Osiyo industrial institutini tugatgan (1940), shu institutda oʻqituvchi, aspirant, Chirchiq elektrokimyo kombinatida sinovchi-muhandis (1941—45), Toshkent politexnika instituti (ToshPI) da dotsent, kafedra mudiri (1946—62), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti direktori (1956—62), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi Bosh ilmiy kotibi (1962—70), ToshPI rektori (1971—72). "Fan va turmush" jurn. bosh muharriri (1972).

Asosiy ilmiy ishlari yangi samarali avtomatlashtirilgan oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr asboblari nazariyasini, hisoblash usullari va ratsional sxemalarini ishlab chiqishga, tok va kuchlanish oʻzgartirgichlari, ularni boshqarish va himoyalash qurilmalarini tatbiq etishga bagʻishlangan. Ventilli oʻzgartirgichlar orqali taʼminlanadigan va avtomatik tarzda boshqariladigan chastotali soz-lovchi elektr yuritmalarni ishlab chiq-qan. Ilmiy ishlanmalari bir necha korxona (mas, Chirchiq elektrokimyo kombinati, Chirchiq—Boʻzsuv GES lari kaskadi, "Toshqishxoʻjmash" zavodi) ga tatbiq qilingan. Bsruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). Toshkent texnika universi-teti binosiga yedgorlik lavhasi oʻrna-tilgan. Toshkent shahri koʻchalaridan biri H. nomi bilan atalgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Chastotnoye upravleniye asinxronngm elektroprivodom, T., 1959; Elektrik yuritma va uni boshqarish asoslari (darslik), T., 1970 (hamkorlikda); Kompensionnne vtrya-miteli, T., 1973 (v soavtorstve).