Muzaffar (ism)
Qiyofa
| Muzaffar | |
|---|---|
| (arabcha: مظفّر) | |
| Jins | erkak |
| Etimologik maʼnosi | zafar, gʻalaba qozongan |
| Ota ismi |
Muzaffar oʻgʻli, Muzaffarovich Muzaffar qizi, Muzaffarovna |
| Yasama shakllari | Muzaffarbek |
| Chet tillardagi oʻxshashliklar |
arabcha: مظفّر ozarbayjoncha: Müzəffər |
| Bogʻliq maqolalar: | |
Muzaffar (arabcha: مظفّر — zafar, gʻalaba qozongan) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi[1]. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muzaffar Abdiyev — oʻzbek oʻqituvchi va siyosatchi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi;
- Muzaffar Ali — miniatyurachi musavvir, Hirot miniatyura maktabinmng namoyandasi;
- Muzaffar Erkinov — oʻzbekistonlik rejissyor, ssenariynavis va prodyuser;
- Muzaffar Homidxonov — energetika sohasidagi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1966), texnika fanlari doktori (1961), professor (1962);
- Muzaffar Kirmonshohiy Qirmisiy — Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi;
- Muzaffar Komilov — oʻzbek davlat arbobi;
- Muzaffar Moʻminov — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Muzaffar Muhamedov — oʻzbekistonlik aktyor va rejissyor;
- Muzaffar Muzaffarov — oʻzbek professional futbolchisi;
- Muzaffar Olimjonov — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Muzaffar Saʼdullayev — oʻzbek aktyori va hunarmand;
- Muzaffar Soliyev — oʻzbekistonlik siyosatchi;
- Muzaffar Tursunxoʻjayev — oʻzbekistonlik koʻzi ojiz paralimpiyachi suzuvchi;
- Muzaffar Xayrullayev — faylasuf olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991), falsafa fanlari doktori (1966), professor (1967);
- Muzaffar Xoliqov — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Muzaffar Zohidov — sharqshunos, filolog, arabshunos;
- Muzaffar al-Gʻaziynaziy — faqih va olim;
- Muzaffar ibn Kaydar — 9-asrda Abbosiylar xalifaligining Misrdagi noibi boʻlgan;
- Muzaffar mirzo — Husayn Boyqaroning 6-oʻgʻli;
- Muzaffarbek Madrahimov — oʻzbek davlat arbobi;
- Muzaffarbek Toʻraboyev — oʻzbekistonlik dzyudochi.
Familiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „„M“ harfi“, Oʻzbek tilining izohli lugʻati (PDF), 3-jild, Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023 — 844-bet. ISBN 978-9943-8834-6-8.
| Ism haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |