Muxtorxon Tashxodjaev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muxtorxon Tashxodjaev
 Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
19-avgust 2019-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21-sentyabr 1983-yil (1983-09-21) (40 yosh)
Qoʻqon, Fargʻona viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Taʼlim Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Kasbi Iqtisodiyot
Ilmiy unvoni PhD
Mukofotlari

Muxtorxon Maxsudovich Tashxodjaev (tugʻ. 1983-yil 21-sentyabr, Qoʻqon, Fargʻona viloyati) — iqtisod fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi, Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti, Qoʻqon Universiteti kuzatuv kengashi raisi, Taʼlim, tadqiqot va innovatsiyalar jamoat fondi (TTIF) taʼsischisi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi. Bir qator davlat mukofotlari sovrindori.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1983-yil Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. 2002-2009 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi (bakalavr va magistratura).

Muxtorxon Toshxojaev va Alisher Saʼdullayev O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash chog‘ida (2022-yil 19-aprel)

Mehnat faoliyatini 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti axborot texnologiyalari va masofaviy oʻquv markazi muhandisligidan boshlagan.

  • 2009-2010-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korpotativ boshqaruv kafedrasi assistenti.
  • 2010-2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vaziri yordamchisi.
  • 2011-2012-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi.
  • 2012-2014-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv va raqobatni rivojlantirish kafedrasi katta oʻqituvchisi.
  • 2014-2014-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv va raqobatni rivojlantirish kafedrasi dotsenti.
  • 2014-2014-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bank ishi fakulteti dekani muovini.
  • 2014-2016-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bank ishi fakulteti dekani.
  • 2016-2020-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti dekani.
  • 2013-2019-yillarda Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi raisi oʻrinbosari.
  • 2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi raisi.
  • 2019 — hozirgi vaqt Osiyo Paralimpiya Qoʻmitasi vitse-prezidenti.
  • 25.05.2021 — hozirgi vaqt Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi.

Muxtorxon Tashxodjaev Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqdi va uning rahbarligida oʻzbekistonlik paralimpiyachilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medal qoʻlga kiritgan holda umumjamoa hisobida dunyo reytingida 16-oʻrindan joy oldi. Paralimpiya sport turlarini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Muxtorxon Tashxodjaev 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Ilmiy asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

M.Tashxodjayev ilmiy tadqiqot ishlari doirasida 5 ta darslik, 8 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma tayyorlagan, 2 ta monografiya, respublika va xorijiy mamlakatlarda chop etilayotgan jurnallarda 30 ta hamda respublika va xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan konferensiyalarda 36 ta maqola va tezislari eʼlon qilingan.

M.Tashxodjayev ilmiy rahbarligida 2 nafar tadqiqotchi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Shuningdek, 3 nafar talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori, 5 nafar talabasi nomdor davlat stipendiyasi sovrindori va 6 nafar talabasi respublika fan olimpiyadasi gʻolibi boʻlgan.

2014[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Taʼlim xizmatlari bozori va uning rivojlanishini iqtisodiy tahlili // „Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar“ ilmiy elektron jurnali. № 1, 2014.
  • Management in higher education system // Europaische Fachhochschule European Applied sciences # 11, 2014.
  • Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish // Ekonomika-finansi. Tashkent, 2014.
  • „Ishlab chiqarish infratuzilmasi“ // „Faylasuflar jamiyati“ nashriyoti. Toshkent, 2014.
  • Upravlenie visshim uchebnim zavedeniem // „Iqtisodiyot va innovatsion tekhnologiyalar ilmiy elektron“ jurnali. № 6, 26.09.2014.
  • „Effektivnoe ispolzovanie sotsialno-ekonomicheskogo potensiala i vovlechenie novix istochnikov ekonomicheskogo rosta“ // Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Toshkent, 05.10.2014.
  • Upravlenie v sisteme visshego obrazovaniya Respubliki Uzbekistan // Biznes — Ekspert № 12 (84), 2014.

2015[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Infratuzilma iqtisodiyoti // Darslik. Iqtisodiyot, 2015
  • Higher education as a major of growth and development of economy // Proceedings of the 5th Uzbekistan Indonesia international joint conference in 2015
  • OTM innovatsion strategiyasini shakllantirish va boshqarish masalalari // „Moliya“ jurnali, Toshkent moliya instituti № 1, 2015.
  • Sovershenstvovanie metodologii Gosudarstvennogo upravleniya sistemoy visshego obrazovaniya // Nauchno-analiticheskiy jurnal „Nauka i praktika“, Moskva.: FGBOU VPO „REU im. G. V. Plexanova“, № 1 (21) 2016, 52-59 str.
  • The role of information communication technologies in the economic development of the Republic of Uzbekistan // Emerics issue analysis, Institute for International Economic Policy, Korea, 15.01.2017

2016[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Development opportunities of scoring method of consumer crediting in Uzbekistan // European journal of economics and management sciences № 4 2016, Vienna, Austria.
  • Prospects development of securitization of banking assets in Uzbekistan // Austrian Journal of Humanities and Social Sciences № 9-10, September-October, 2016.

2018[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Innovatsion menejment // „Voris nashriyot“ MCHJ Toshkent 2018.

2019[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ijtimoiy sohada investitsiyalarning samaradorligi // Iqtisodiyot, 2019
  • Tashkiliy hulq // Darslik. Iqtisodiyot, 2019

2020[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O‘zbekistonda oliy taʼlim muassasalarida moliyaviy menejmentni rivojlantirish yo'llari // „Moliya va bank ishi“ ilmiy elektron jurnali. № 4, 2020.

2021[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalarida talabalarga stipendiya va professor-o‘qituvchilarga ish haqi to‘lashning moliyaviy menejmentga taʼsiri // „Logistika va iqtisodiyot“ ilmiy elektron jurnali. № 2, 2021.
  • Oliy taʼlim tizimini moliyalashtirishda davlatning roli // „Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar“ ilmiy elektron jurnali. № 2, 2021.
  • Milliy iqtisodiyot korporativ tuzulmalarida kapital bozorining faolligini oshirish masalalari // Yangi O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy-innovatsion yo'nalishlari. 25.11.2021

Mukofatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://paralympic.uz/leader/rais
  2. https://www.gazeta.uz/ru/2019/08/19/association/
  3. https://olamsport.com/oz/news/muxtorxon-tashxodjaev-osiyo-paralimpiya-qomitasi-vice-prezidenti
  4. https://yuz.uz/uz/news/muxtorxon-tashxodjaev-osiyo-paralimpiya-qomitasi-vitse-prezidenti-lavozimiga-saylandi
  5. https://kun.uz/ru/news/2021/12/01/predstavitel-uzbekistana-vpervyye-voshyol-v-sostav-rukovodstva-paralimpiyskogo-komiteta-azii