Asrol Muxtorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muxtorov Asroldan yoʻnaltirildi)

Asrol Muxtorov (1948.21.11, Toshkent) — ganchkor usta, naqqosh; Oʻzbekiston xalq ustasi (1999). Us t a Mahmud Usmonovszm hunar oʻrgangan; ustozi bilan birga ishlab (1966—79), respublikadagi jamoat binolari va xususiy turar joylarni bezashda qatnashadi. Respublika oʻquvchilar va yoshlar saroyidagi ganchkorlik toʻgaragiga rahbarlik qildi (1975). 1979-yildan ganchkorlar brigadasiga boshchilik qilish bilan mustaqil faoliyatini boshladi. Faoliyatida ganchkorlik, kulollik va naqqoshlikni uygʻun holda olib borib, bezaklar yaratdi. "Salom" choyxonasi (Qashqadaryo), "Dilorom" qahvaxonasi (Toshkent) va boshqa jamoat binolarini ganch oʻymakorligi bilan bezadi. Toshkent shahridagi Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahri hokimiyati, "Turkiston" saroyi, Baynalmilal madaniyat markazi, Oliy Majlis, Fargʻonadagi "Al-Fargʻoniy" teatri zali va boshqa binolarni ganch oʻymakorligi bilan bezadi. M. koʻplab shogirdlar tayyorlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Us t a va shogird odobi, T., 1999.