Kontent qismiga oʻtish

Musulmonlarning Pireney yarim oroliga istilosi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Musulmonlarning Pireney yarim oroliga istilosi
Ilk musulmonlar istilolarining bir qismi
Sanalar 711–720-yillar
Urush yeri Pireney yarim oroli
Natija Musulmonlarning gʻalabasi
Hududiy
oʻzgarishlar
Al-Andalus viloyatining tashkil etilgan
Qoʻmondonlar
Umaviylar xalifaligi Vestgot Qirolligi
Asturiya Qirolligi
  • Roderic  
  • Theodemir  Taslim boʻlish (harbiy)
  • Achila II  
  • Oppas
  • Ardo
  • Pelagius
  • Peter

Musulmonlarning Pireney yarim orolini bosib olishi (arabcha: فَتْحُ الأَنْدَلُس) (711–720-yillar) Arablarning Ispaniyaga istilosi nomi bilan ham tanilgan[1] – VIII asr boshlarida Umaviylar xalifaligi tomonidan Hispaniyaning Vestgot Qirolligini bosib olishga qaratilgan yurish hisoblanadi. Fath natijasida Iberiyaning aksariyat qismida nasroniylar hukmronligiga yakun yasalgan va bu hududda Umaviylar sulolasi davrida al-Andalus nomi bilan mashhur boʻlgan musulmon arab-mavriy hukmronligi oʻrnatilgan.

Oltinchi umaviy xalifa al-Volid I hukmronlik qilgan davrda (h. 705–715), 711-yilning boshida harbiy qoʻmondon Triq ibn Ziyod Shimoliy Afrikadan taxminan 1700 kishilik qoʻshin bilan joʻnab, Gibraltar boʻgʻozini kesib oʻtdi va Rim Ispaniyasi hududlarini oʻz ichiga olgan Vestgotlar boshqaruvidagi Toledo qirolligiga harbiy yurish boshladi[2][3][4][5]. Oʻsha yilning iyul oyida Guadalete jangida qirol Rodericni magʻlub etgandan soʻng, Toriq oʻzining oliy qoʻmondoni Muso ibn Nusayr boshchiligida arab qoʻshinini yanada kuchaytirgan holda shimol tomonga yurish qildi.

  • Collins, Roger. The Arab Conquest of Spain 710–797. Oxford, UK / Cambridge, US: Blackwell, 1989. ISBN 0-631-19405-3.