Kontent qismiga oʻtish

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kubogi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstlik kubogi
Tashkiliy organ Rossiya futbol ittifoqi, FIFA
Asos solindi 1993
Bekor qilindi 2016
Eng muvaffaqiyatli klub(lar) Spartak Moskva (6)
Vebsayt Rasmiy sayti

Hamdoʻstlik kubogi (ruscha: Кубок чемпионов Содружества, Кубок Содружества, Кубок чемпионов содружества стран СНГ и Балтии; 2011-yilgacha Hamdoʻstlik chempionlari kubogi) – Rossiya futbol ittifoqi va FIFA homiyligida oʻtkaziladigan sobiq SSSR mamlakatlari yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi futbol turniri[1][2]. Birinchi qura 1993-yil yanvar oyida boʻlib oʻtgan, 2011-yilga qadar turnirda sobiq SSSR mamlakatlari klublari ishtirok etgan. 2012-yildan boshlab turnirda yoshlar va yoshlar terma jamoalari ishtirok etib kelmoqda.

Musobaqa MDH va Boltiqboʻyi mamlakatlari chempionlari uchun musobaqa sifatida rejalashtirilgan edi, ammo turli sabablarga koʻra ular koʻpincha gʻoliblar yoki Rossiya yoshlar terma jamoalari bilan almashtirildi. Turnir har yili oʻtkaziladi, uni turli MDH va Boltiqboʻyi mamlakatlarida oʻtkazish rejalashtirilgan edi, ammo 1993-yildan 2007-yilgacha, 2009 va 2010 yillarda Moskvada, 2008-yilda va 2011-yildan beri Sankt-Peterburgda oʻtkazildi.

2016-yil 23-iyulda RFU prezidenti Vitaliy Mutko musobaqaning yopilishini eʼlon qildi[3][4], ammo Ozarbayjonda turnirni jonlantirish masalasi muhokama qilingan[5][6].

1992-yilning iyulida „MDH Futbol Federatsiyalari Assotsiatsiyasi“ ijroiya qoʻmitasi „Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi“ turnirini oʻtkazish haqida qaror qabul qildi. Yangi turnir ilk musobaqasi 1993-yilning iyul oyida oʻtkazildi. Oʻshanda turnirni bundan buyon yozda oʻtkazish haqida takliflar tushdi, biroq klublarning yozda ichki chempionatda qtnashishi va oʻyinlar soni koʻpligi bois tunir har yili qishning yanvar oyida oʻtkazilishiga kelishildi. Ushbu turnir 15 ta milliy futbol federatsiyasini toʻplashi tufayli ushbu turnir xalqaro maqomga ega boʻldi, shuning uchun „Hamdoʻstlik Kubogi“ga har safar FIFA va UEFA Prezidentlari tashrif buyurishadi.

Turnir oʻtkazila boshlangan ilk yillarda futbol ishqibozlari va mutaxassislarni „Hamdoʻstli Kubogi“ katta qizziqish uygʻotdi. Biroq ilk ikkita turnirda Ukraina klublari ishtirok etishmadi, shuning uchun Rossiya klublari turnirning yaqqol favoritlari boʻlishdi. 1995-yildan boshlab Ukraina klublari turnirda qatnasha boshlashdi. Shundan keyin turnirning saʼviyasi oʻsa boshladi va ishqiboqzlarga yorqin oʻyinlar namoyish etildi. Eng murosali oʻyinlardan biri bu Kiyevning „Dinamo“ va Moskvaning „Spartak“ toʻqnashuvlari edi.

21-yoshgacha terma jamoalar turniri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum G'olib Hisob Ikkinchi o'rin Stadion
2016  Rossiya 4 – 2  Moldova SCC Peterburgsky,
Sankt-Peterburg Rossiya
2015  Janubiy Afrika 2 – 1  Finlandiya SCC Peterburgsky,
Sankt-Peterburg Rossiya
2014  Ukraina 4 – 0  Rossiya SCC Peterburgsky,
Sankt-Peterburg Rossiya
2013  Rossiya 4 – 2  Ukraina SCC Peterburgsky,
Sankt-Peterburg Rossiya
2012  Rossiya 2 – 0  Belarus SCC Peterburgsky,
Sankt-Peterburg Rossiya

Klublar turniri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum G'olib Hisob Ikkinchi o'rin Stadion
2011 Ozarbayjon Inter Baku 0 – 0
6 – 5 penaltilar
Belarus Shakhtyor Soligorsk SCC Peterburgsky,
Sankt-Peterburg Rossiya
2010 Rossiya FK Rubin Qozon 5 – 2 Qozogʻiston FC Aktobe Olympic Stadium,
Moskva Rossiya
2009 Moldova FC Sheriff Tiraspol 0 – 0
5 – 4 penaltilar
Qozogʻiston FC Aktobe Olympic Stadium,
Moskva Rossiya
2008 Ozarbayjon Khazar Lenkoran 4 – 3 Oʻzbekiston Paxtakor Toshkent SCC Peterburgsky,
Sankt-Peterburg Rossiya
2007 Oʻzbekiston Paxtakor Toshkent 0 – 0
9 – 8 penaltilar
Latviya FK Ventspils Olympic Stadium,
Moskva Rossiya
2006 Ozarbayjon Neftçi 4 – 2 Litva FBK Kaunas Olympic Stadium,
Moskva Rossiya
2005 Rossiya Lokomotiv Moskva 2 – 1 Ozarbayjon Neftçi Dynamo Manage,
Moskva Rossiya
2004 Gruziya Dinamo Tbilisi 3 – 1 Latviya Skonto Riga Olympic Stadium,
Moskva Rossiya
2003 Moldova Sheriff Tiraspol 2 – 1 Latviya Skonto Riga Olympic Stadium,
Moskva Rossiya
2002 Ukraina Dinamo Kiyev 4 – 3 Rossiya Spartak Moskva Olympic Stadium,
Moskva Rossiya
2001 Rossiya Spartak Moskva 2 – 1 q.v. Latviya Skonto Riga Olympic Stadium,
Moskva Rossiya
2000 Rossiya Spartak Moskva 3 – 0 Moldova Zimbru Chişinău Olympic Stadium,
Moskva Rossiya
1999 Rossiya Spartak Moskva 2 – 1 Ukraina Dinamo Kiyev Olympic Stadium,
Moskva Rossiya
1998 Ukraina Dinamo Kiyev 1 – 0 Rossiya Spartak Moskva LFK CSKA,
Moskva Rossiya
1997 Ukraina Dinamo Kiyev 3 – 2 Rossiya Spartak Moskva LFK CSKA,
Moskva Rossiya
1996 Ukraina Dinamo Kiyev 1 – 0 Rossiya Alania Vladikavkaz LFK CSKA,
Moskva Rossiya
1995 Rossiya Spartak Moskva 5 – 1 Gruziya Dinamo Tbilisi LFK CSKA,
Moskva Rossiya
1994 Rossiya Spartak Moskva 7 – 0 Oʻzbekiston Neftchi Fargʻona Olympic Stadium,
Moskva Rossiya
1993 Rossiya Spartak Moskva 8 – 0 Belarus Belarus Minsk LFK CSKA,
Moskva Rossiya

Barcha davrlarning eng yaxshi toʻpurarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Kubogining barcha zamonlar boʻyicha eng koʻp gol urgan futbolchilari[7]
O'rin Futbolchi Gollar
1 Rossiya Vladimir Beschastnix (FC Spartak Moskva) 20
2 Rossiya Yegor Titov (FC Spartak Moskva) 18
3 Rossiya Valeriy Kechinov (Paxtakor Toshkent & FC Spartak Moskva) 17
* Latviya Mikhail Mikholap (FC Skonto Rīga) Latviya 17
5 Gruziya Mixail Kavelashvili (FC Dinamo Tbilisi & Spartak-Alania Vladikavkaz) 14
* Braziliya Luis Robson (FC Spartak Moskva) 14
7 Rossiya Andrey Tixonov (FC Spartak Moskva) 13
8 Belarus Valentin Belkevich (FC Dinamo Minsk & FC Dynamo Kyiv) 12
* Ukraina Andriy Shevchenko (FC Dinamo Kiyev) 12
10 Gruziya Gela Inalishvili (FC Dinamo Tbilisi) 11
* Rossiya Anatoliy Kanischev (Spartak-Alania Vladikavkaz & FC Spartak Moskva) 11
* Latviya Mihails Zemļinskis (FC Skonto Rīga) 11

Yillar kesimida eng yaxshi toʻpurarlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Futbolchi Gollar
1993 Gruziya Shota Arveladze (FC Dinamo Tbilisi) 5[8]
1994 Rossiya Vladimir Beschastnix (Spartak Moskva) 10[9]
1995 Rossiya Ilia Tsymbalar (Spartak Moskva) 6[10]
1996 Belarus Uladzimir Makowski (FC Dinamo Minsk) 5[11]
1997 Rossiya Andrey Tixonov (Spartak Moskva), Ukraina Andriy Shevchenko (Dinamo Kiyev) 6[12]
1998 Rossiya Anatoliy Kanischev (Spartak Moskva) 8[13]
1999 Latviya Mihails Miholaps (Skonto Riga) 7[14]
2000 Latviya Vladimirs Koļesņičenko (Skonto Riga), Braziliya Luis Robson (Spartak Moskva), Rossiya Yegor Titov (Spartak Moskva) 5[15]
2001 Gruziya Mikheil Ashvetia (FC Torpedo Kutaisi), Oʻzbekiston Jafar Irismetov (Spartak Moskva), Braziliya Marcão (Spartak Moskva), Belarus Valery Strypeykis (FC Slavia Mozyr), Belarus Raman Vasilyuk (FC Slavia Mozyr) 4[16]
2002 Rossiya Vladimir Beschastnix (Spartak Moskva) 7[17]
2003 Ruminiya Cristian Tudor (Sheriff Tiraspol) 9[18]
2004 Gruziya Vitaly Daraselia Jr. (FC Dinamo Tbilisi) 6[19]
2005 Gruziya Giorgi Adamia (Neftchi Baku) 6[20]
2006 Ukraina Yevhen Seleznyov (Shaxtyor Donetsk) 5[21]
2007 Oʻzbekiston Server Jeparov (Paxtakor Toshkent), Belarus Vitali Rodionov (BATE Borisov) 4[22]
2008 Belarus Vladimir Yurchenko (Zenit Sankt Peterburg) 4[23]
2009 Tojikiston Ibrahim Rabimov (Regar-TadAZ Tursunzoda), Latviya Vīts Rimkus (FK Ventspils), Rossiya Aleksandr Yeroxin (Sheriff Tiraspol) 4[24]
2010 Qirgʻiziston Emil Kenjisariyev (FC Aktobe) 6[25]
2011 Latviya Ģirts Karlsons (FC Inter Baku) 6[26]
2012 Eron Sardar Azmoun (Eron U20) 8[27]
2013 Rossiya Andrey Panyukov (Rossiya U21) 6[28]
2014 Qozogʻiston Roman Murtazayev (Qozogʻiston U21), Rossiya Ruslan Bolov (Rossiya U21), Tojikiston Abdurasul Rahmonov (Tojikiston U21) 5[29]
2015 Rossiya Aleksey Yevseyev (Rossiya U21) 5
2016 Rossiya Mixail Jabkin (Rossiya U21) 3

Jamoalar ko‘rsatgan natijalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2006-yilda "Neftchi" PFKga topshirilgan kubok.
Jamoa Gʻoliblik Ikkinchi oʻrin
Rossiya Spartak Moskva 6 (1993, 1994, 1995, 1999, 2000, 2001) 3 (1997, 1998, 2002)
Ukraina Dinamo Kiyev 4 (1996, 1997, 1998, 2002) 1 (1999)
 Rossiya 3 (2012, 2013, 2016) 1 (2014)
Moldova Sheriff Tiraspol 2 (2003, 2009)
 Ukraina 1 (2014) 1 (2013)
Gruziya Dinamo Tbilisi 1 (2004) 1 (1995)
Ozarbayjon Neftçi 1 (2006) 1 (2005)
Oʻzbekiston Paxtakor Toshkent 1 (2007) 1 (2008)
 Janubiy Afrika 1 (2015)
Rossiya Lokomotiv Moskva 1 (2005)
Ozarbayjon Khazar Lenkoran 1 (2008)
Rossiya Rubin Qozon 1 (2010)
Ozarbayjon Inter Baku 1 (2011)
Latviya Skonto Riga 3 (2001, 2003, 2004)
Qozogʻiston Aktobe 2 (2009, 2010)
Litva FBK Kaunas 1 (2006)
Belarus Belarus Minsk 1 (1993)
Oʻzbekiston Neftchi Fargʻona 1 (1994)
Rossiya Alania Vladikavkaz 1 (1996)
Moldova Zimbru Chişinău 1 (2000)
Latviya FK Ventspils 1 (2007)
Belarus Shakhtyor Soligorsk 1 (2011)
 Belarus 1 (2012)
 Finlandiya 1 (2015)
 Moldova 1 (2016)

Mamlakatlarga koʻra natijalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mamlakat Gʻoliblik Ikkinchi oʻrin
Rossiya Rossiya 11 5
Ukraina Ukraina 5 2
Ozarbayjon Ozarbayjon 3 1
Moldova Moldova 2 2
Oʻzbekiston Oʻzbekiston 1 2
Gruziya Gruziya 1 1
Janubiy Afrika Janubiy Afrika 1
Latviya Latviya 4
Belarus Belarus 3
Qozogʻiston Qozogʻiston 2
Litva Litva 1
Finlandiya Finlandiya 1

Qiziqarli maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Eng yirik gʻalabani 1998-yilda Moskvaning „Spartak“ jamoasi qoʻlga kiritgan va u Tojikistonning „Vaxsh“ jamoasini 19:0 hisobida magʻlub etgan.
  • Moskvaning „Spartak“i va Kievning „Dinamo“ jamoalari ketma-ket uch marta Hamdoʻstlik kubogini qoʻlga kiritgan boʻlsa, „Spartak“ bu sovrinni ikki marta qoʻlga kiritdi. „Spartak“ – 1993-yildan 1995-yilgacha va 1999-yildan 2001-yilgacha, „Dinamo“ esa 1996-yildan 1998-yilgacha.
  • Turnirda 20 ta gol bilan eng koʻp gol urgan Moskvaning „Spartak“ jamoasidan Vladimir Beschastnix boʻldi.
  • Riganing „Skonto“ jamoasi ushbu turnirda 14 marta ishtirok etgan.
  • Skonto futbolchisi Mixail Zemlinskiy turnirda eng koʻp oʻyin oʻtkazdi – 46 ta.
  • Bosh hakam Valentin Ivanov 20 ta uchrashuvni boshqargan.
  • Turnir davomida birorta ham gol oʻtkazib yubormasdan chempion boʻlgan yagona jamoalar 1998-yilda „Dinamo“ (Kiev) (19:0) va 2011-yilda „ Inter“ (Boku) (16:0). Ammo „Dinamo“ asosiy vaqtda barcha oʻyinlarda gʻalaba qozongan boʻlsa, „Inter“ dastlabki 5 oʻyinda gʻalaba qozonib, asosiy vaqtda finalda durang oʻynadi va keyin penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi.
  1. „Официальный сайт РФС — турниры“ (deadlink). 2013-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-dekabr.
  2. „Виталий МУТКО: «НУЖНО 1 700 000 000. ПОКА ЕСТЬ 198 000 000»“. 2016-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-oktyabr.
  3. „Мутко объявил о закрытии Кубка Содружества“ (deadlink). 2016-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-iyul.
  4. „Vitaliy Mutko: MDH kubogi yopildi“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  5. „Футбольный Кубок Содружества могут возродить в Азербайджане“. 2017-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-avgust.
  6. „MDH kubogi endi o'tkazilmaydi“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  7. „Commonwealth of Independent States Cup - Trivia“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  8. „Commonwealth of Independent States Cup 1993“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  9. „Commonwealth of Independent States Cup 1994“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  10. „Commonwealth of Independent States Cup 1995“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  11. „Commonwealth of Independent States Cup 1996“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  12. „Commonwealth of Independent States Cup 1997“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  13. „Commonwealth of Independent States Cup 1998“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  14. „Commonwealth of Independent States Cup 1999“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  15. „Commonwealth of Independent States Cup 2000“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  16. „Commonwealth of Independent States Cup 2001“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  17. „Commonwealth of Independent States Cup 2002“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  18. „Commonwealth of Independent States Cup 2003“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  19. „Commonwealth of Independent States Cup 2004“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  20. „Commonwealth of Independent States Cup 2005“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  21. „Commonwealth of Independent States Cup 2006“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  22. „Commonwealth of Independent States Cup 2007“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  23. „Commonwealth of Independent States Cup 2008“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  24. „Commonwealth of Independent States Cup 2009“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  25. „Commonwealth of Independent States Cup 2010“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  26. „Commonwealth of Independent States Cup 2011“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  27. „Commonwealth of Independent States Cup 2012“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  28. „Commonwealth of Independent States Cup 2013“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  29. „Commonwealth of Independent States Cup 2014“. RSSSF. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.