Mustafo Zihni posho
Qiyofa
| Mustafo Zihni Posho | |
|---|---|
![]() Mustafo Zihni posho | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1838 Sulaymoniya, Usmoniylar imperiyasi |
| Vafoti |
1911 Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi |
| Millati | Usmoniy |
| Siyosiy partiyasi | Kurdiston taraqqiyot jamiyati |
Mustafo Zihni posho (1838–1911) – bir qator nufuzli maʼmuriy lavozimlarni egallagan usmoniy kurd davlat arbobi. Shuningdek, Kurdiston taraqqiyot jamiyatining taniqli aʼzolaridan biri.
Barré de Lancy va Charles Woodsning taʼriflariga koʻra, Mustafo Zihni halol, adolatli va xolis inson boʻlgan. U, shuningdek, eng oliy usmoniy tabaqaga mansub shaxs sifatida tasvirlangan[1].
Posho Konstantinopoldagi oʻz mulkiga tegishli yerda yashagan va u yerda uch oʻgʻli Ahmet Naim bey, Ismoil Haqqi bey hamda Huseyin Shukru bey bilan istiqomat qilgan.
Lavozimlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Savdo va jamoat ishlari vaziri[2]
- Hijoz, Janine[3] Adana[3] va Halab[4] viloyatlarining hokimi
- Usmoniylar senati aʼzosi
- Dengiz kuchlari bosh qoʻmondoni
- Armiyaning bosh inspektori
- Sultonning Kritdagi maxsus vakili
- Bagʻdod viloyatining bosh kotibi (maktubchi)
- Konya viloyati tarkibidagi Burdur sanjagining mutasarrifi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Laruelle, Marlene. Tajikistan on the Move: Statebuilding and Societal Transformations. Rowman & Littlefield, 2018 — 297-bet. ISBN 978-1498546522.
- ↑ Appletons' annual cyclopaedia and register of important events: Embracing political, military, and ecclesiastical affairs; public documents; biography, statistics, commerce, finance, literature, science, agriculture, and mechanical industry, Volume 6, D. Appleton and company
- ↑ 3,0 3,1 The Danger Zone of Europe: Changes and Problems in the Near East, Henry Charles Woods
- ↑ The Fortnightly, Volume 61, Volume 67, Chapman and Hall, 1897
| Usmonlilar imperiyasiga oid shaxslar haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Turkumlar::
- Posholar
- 1838-yilda tugʻilganlar
- 1911-yilda vafot etganlar
- Usmoniylar imperiyasi siyosiy arboblari
- 19-asr Usmoniylar imperiyasi xizmatchilari
- Usmoniylar davridagi kurdlar
- Usmoniylar imperiyasi hukumat aʼzolari
- Ittihod va taraqqiyot qoʻmitasi siyosatchilari
- Usmoniylar imperiyasining Halab hokimlari
- Usmoniylar imperiyasi senati a’zolari
- Usmonlilar imperiyasiga oid shaxslar haqidagi chala maqolalar
