Kontent qismiga oʻtish

Mustafo Sabriy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mustafo Sabriy
مصطفى صبرى

Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1869-yil
Vafoti 1954-yil (84–85 yosh)
Dini Islom
Millati Usmoniylar davlati
Era 19-asr va 20-asr
Mazhab Sunniylik
Yurisprudensiya Hanafiylik
Imom Moturidiylik
Asosiy qiziqish(lar)i Aqida, kalom tavhid, fiqh, Usul al-Fiqh, Usul ad-Din, mantiq
Mashhur ish(lar)i Mavqif al-'Aql wa al-'Ilm wa al-'Alim min Rabb al-'Alamin („Aql, ilm va ulamoning Olamlar Robbiga nisbatan oʻrni“)

Mustafo Sabriy (usmonli turkcha: مصطفى صبرى افندی‎; 1869 – 1954) – Usmoniy davri ilohiyotchisi va universitet professori. Usmoniylar imperiyasining oxirgi Shayx ul-islomi edi[1]. Mustafa Kemal Atatürk davridagi turk milliy harakatini qoralovchi fikrlari bilan mashhur[2] Atatürkga qarshilik koʻrsatgani uchun umrining yarmini turli mamlakatlarda surgunda oʻtkazgan va Misrda vafot etgan.