Mustafo Bafoyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mustafo Bafoyev (1946.10.11, Kogon tumani Ganchkash qishlogi) – kompozitor va dirijyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1995). Toshkent davlat konservatoriyasining gʻijjak ijrochiligi (1969) hamda kompozitsiya (1977) ixtisosliklari boʻyicha tugatgan. Buxoro musiqa bilim yurti, Buxoro davlat pedagogika institutida oʻqituvchi (1969– 79). 1979 yildan Oʻzbekiston teleradi-okompaniyasi qoshidagi D. Zokirov nomidagi oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri dirijyori (1986 yildan bosh dirijyor va badiiy rahbari). B. ijodiga janrlar xilma-xilligi, mavzu (programma)li hamda vokal musiqaga moyilligi, badiiy unumdorlik xos. Uning musiqa uslubi ohangdorligi, milliy anʼanalarga hamda zamonaviy yoʻnalishlarga ijodiy yondashganligi bilan ajralib turadi. B. 5 ta simfoniya, simfonik poema, uvertyura va boshqa asarlar, 3 ta konsert, 3 ta opera ("Umar Xayyom", "Buxoroi Sharif" teleopera-doston, "Al-Fargʻoniy"), 4 ta balet ("Nodira", "Ulugʻbek burji" telebaletlar, "Moziydan nur" oratoriya-balet, "Buyuk ipak yoʻli"), 7 ta musiqali drama, koʻpgina vokalsim-fonik asarlar, 100 dan ortiq qoʻshiq va romans, bayram tomoshalariga, qator teatr va radiospektakllarga musik^ yozgan. Abdulla Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1997).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil