Muskat uzumi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Muskat — bu mushkni eslatuvchi oʻziga xos hidga ega boʻlgan („muskat“) rezavor uzum turlarining (Vitis vinifera) uzum navi guruhi. Muskat uzumlari yangi holida isteʼmol qilinadi, shuningdek, Muskat vinolarini tayyorlash uchun ham ishlatiladi.[1]

Muskat uzumlari Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Germaniya, Moldova, Qrim va boshqa mamlakatlarda yetishtiriladi.

Maskatning eng mashhur navlari[manba?] : oq (ladan), pushti, aleksandriya, gamburg, venger, qora navlar hisoblanadi. Eng yaxshi muskat vinolari oq, pushti va qora muskat uzumlaridan tayyorlanadi. Jami 200 ga yaqin muskat navlari mavjud.

Muskat navlarining keng tarqalgani va miqdori uning eng qadimgi xonakilashtirilgan guruh boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi. Madaniy uzum turiga tegishli koʻpchilik uzum navlarining aynan muskatlardan kelib chiqqaniga oid nazariyalar ham mavjud.[2]

„Muskat“ soʻzi uzum va sharob nomi sifatida rus tiliga frantsuz tilidan kirib kelgan (muscat), tub soʻz esa katta ehtimol bilan lotincha: muscus — „mushk“ soʻzidan kelib chiqqan. Muskat uzumlari haqida aynan mana shu nom bilan soʻz yuritilgan eng qadimgi yozma manba — angliyalik Bartolomeyning „Narsalarning xususiyatlari haqida“ entsiklopediyasi (XIII asr) hisoblanadi. Ushbu nomning kelib chiqishiga oid boshqa versiyalar ham mavjud, xususan uning tarixini Yunonistonning Moshaton shahri yoki italyancha: mosca („chivin“) soʻzlariga ham bogʻlashadi[1][3][4][5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 БСЭ3 1974.
  2. J. Robinson Vines Grapes & Wines pg 183 Mitchell Beazley 1986 ISBN 1-85732-999-6
  3. Н. И. Епишкин Мускат // Исторический словарь галлицизмов русского языка. — ЭТС, 2010.
  4. „Muscat“. Dictionary by Merriam-Webster. Merriam-Webster. Qaraldi: 18-dekabr 2021-yil.
  5. Wine Grapes 2012.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]