Mushukquyruq
Qiyofa

Mushukquyruq (Alopecurus) - bugʻdoydoshlar oilasiga mansub koʻp yillik, baʼzan bir yillik oʻsimliklar turkumi. Boshoqlari bir gulli; mevasi — gul qipigʻi bilan birga toʻkiladigan doncha. 50 ga yaqin turi maʼlum. Ikkala yarim sharning moʻʼtadil va sovuq iqlimli mintaqalarida, tropik togʻli rayonlarda oʻsadi. Koʻpchiligidan yem-xashak tayyorlanadi. Oʻrta Osiyoda yaylov mushuk quyrugʻi vaxuppak koʻp tarqalgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |