Mushirobod masjidi
| Masjid | |
Mushirobod masjidi
| |
| Mamlakat | |
| Hudud | Telengana |
| Hudud2 | Mushirobod |
| Shahar | [[Haydarobod (shahar)|]] |
| Koordinatalar | 17°25′06″N 78°29′52″E / 17.418318650917385°N 78.49781881647357°E |
| Asoschi | Ibrohimquli Qutbshoh |
| Asosiy sana: 1650-yil
| |
| Minoralar soni | 2 |
| Minoralar soni | 2 |
Mushirobod masjidi (Masjid-e Kalan, Mushirobod Badi masjidi yoki Mushirobod jome masjidi nomlari bilan ham mashhur) – Hindistonning Telangana shtati, Haydarobod shahridagi Mushirobod mahallasida joylashgan masjid[1][2][3]. Asosiy qismi 1560-yilda Qutb Shohi sulolasining toʻrtinchi sultoni Ibrahimquli Qutbshoh tomonidan qurdirilgan boʻlib[4], Haydarobodning Hayatnagar hududidagi Hayat Bakshi masjidiga oʻxshaydi.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Golkonda qirolligi qulaganidan soʻng, masjiddan foydalanmay qoʻyishgan va bu hudud Nizom Alixon davridagi bosh vazir navob Arastu Jahning jagiriga (mulki) aylangunga qadar tashlandiq holda saqlangan. U 1951-yilda taʼmirlangan. Hozirgi kunda eski bino vayrona holatda.
Namozxonlarni joylashtirish uchun yangi toʻrt qavatli bino qurilgan. Hozir yangi inshoot joylashgan hududda ilgari katta hovli boʻlgan[5].
Masjid Qutbshohi uslubida qurib bitkazilgan boʻlib, beshta baland arka va ikki burchagida ikkita minoraga ega.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Iyer, Lalita. „Hyderabad: The grandeur of Qutb mosque“ (en). Deccan Chronicle (2018-yil 3-iyun). Qaraldi: 2018-yil 20-iyul.
- ↑ „Jamia Masjid Musheerabad, Musheerabad Mosque Hyderabad – Temples In India Information“ (en-US). templesinindiainfo.com. 2018-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyul.
- ↑ Nanisetti, Serish. „There lies a forgotten story“ (en-IN). The Hindu (2017-yil 19-avgust). Qaraldi: 2018-yil 20-iyul.
- ↑ District Census Handbook, Series 2, Andhra Pradesh, Hyderabad. Government of Andhra Pradesh, 1987 — 13-bet.
- ↑ Bilgrami, Syed Ali Asgar. Landmarks of the Deccan: A Comprehensive Guide to the Archaeological Remains of the City and Suburbs of Hyderabad (en). Asian Educational Services, 1992. ISBN 9788120605435.