Georgiy Mushel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mushel Georgiy Aleksandrovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Georgiy Aleksandrovich Mushel (1909.29.7, Tambov - 1989.27.12, Toshkent) — kompozitor, pianinochi, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Moskva konservatoriyasini tugatgach (1936), Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi, professor (1976). Oʻz ijodida Yevropa kompozitorlik (mas, M.Ravel, S. Prokofyev) musiqasi anʼanalarini davom ettirib, oʻzbek musiqa merosiga xos usul va ohanglarga, shakl va uslublarga ijodiy tayangan. Oʻzbekistonda birinchilar katori simfoniya (1938), balet, kamer musiqa janrlari rivojiga asos solgan. "Farxrd va Shirin" operasi (V.Uspenskiy bilan hamkorlikda, 1957), "Muqimiy" (1953), "Ravshan va Zulxumor" (T.Jalilov bilan, 1957) kabi musiqali dramalar, "Raqqosa" (1952), "Vaxt guli" (1959), "Kashmir afsonasi" (1961), "Samarqand haqida afsona" (1971) baletlari, 3 simfoniya, fortepiano va orkestr uchun 6 konsert, skripka va orkestr uchun konsert, organ asarlari, kamer musiqa (jumladan, "24 prelyudiya va fuga", 1975), romans, qoʻshiq, kinofilmlarga musiqalar muallifi. M. rassom sifatida turli janrlarda 100 dan ortiq tasviriy asar yaratgan. Toshkentda M. nomidagi yosh musiqachilar tanlovi oʻtkaziladi (1994 yildan).

Adabiyot[tahrir]

  • Pekker Ya., Georgiy Mushel, M., 1966.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil