Musa tura madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Musa tura madrasasi - Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. Ichan kalʼa markazida joylashgan. Ollokulixon nabirasi Musa toʻra qurdirgan (1841). Madrasa temperaturapetsiyasimon tarxli (38,7x28,2 m), orka va ikki yon tarzi oddiy bezaksiz. Bosh tarzdagi peshtoqi Xorazm meʼmorligiga xos sharafali, sirkori koshin bilan qoplangan, gʻishtlar mavjli shaklda terilgan. Ikki yon qanotidagi 3 ravokli hujralar peshtoqdan pastroq qilib ishlangan. 4 burchagida guldastalar bor. Darvozasi yogʻoch oʻymakorligida bezatilgan, orasida yozuvlar saqlangan. 2 gumbazli, boʻgʻim-boʻgʻimli miyonsaroy orqali hovliga oʻtiladi. Miyonsaroyning 2 yonida masjid (6,0x6,0 m) va darsxona (4,2x4,2 m) joylashgan. Hovli (21,5x14,28 m) atrofidagi hujralar oldi qator ravoqli, tomi balxi gumbazli, masjid, darsxona va miyonsaroy charxi gumbazli, ichki gumbaz osti qalqonsimon ba-gʻallar bilan bezatilgan. Hujralar darchasiga ganchkori panjaralar oʻrnatilgan. == Adabiyot ==

  • Mankovskaya L., Bulatova V., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil