Musa Barrow

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Musa Barrow
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Musa Barrow
Tavallud sanasi 14-noyabr 1998-yil (1998-11-14) (25 yosh)
Tavallud joyi Kanifing Estate, The Gambiya
Boʻyi 1.85 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bologna
Raqami 99
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Hawks
2016—2018 Atalanta
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2021 Atalanta 41 (4)
2019—2021Bologna (ijara) 56 (17)
2021- Bologna 34 (6)
Milliy terma jamoa
2018 Gambiya U23 1 (1)
2018- Gambiya 28 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may uchun)

Musa Barrow (1998-yil 14-noyanrda tugʻilgan) Gambiyalik professional futbolchi. A Seriyaning Bolonya klubida va Gambiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi[2].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barrow „Atalanta“ga 2016-yilda Gambiyadan kelib qoʻshildi va u yerda yoshlar tarkibidagi birinchi uchrashuvida ikkita gol urdi[3]. U 2018-yilda yoshlar safida 15 oʻyinda 19 ta gol urganidan keyin asosiy tarkibga qoʻshildi[4].

Atalanta[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barrow professional debyutini 2018-yilning 30-yanvarida „Atalanta“ safida Italiya kubogi doirasida Juventus" ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[5]. U A seriyadagi debyutini 2018-yilning 10-fevralida „Atalanta“ safida „Krotone“ga qarshi oʻyinda (1:1) oʻtkazdi[6].


2019-yil 18-sentabrda Barrow Chempionlar ligasidagi debyutini Zagrebning „Dinamo“siga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[7].

Bologna[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning 17-yanvarida Barrow 13 million yevro toʻlov evaziga sotib olish majburiyati bilan Atalantadan Bolognaga ijaraga oʻtadi[8]. Uning transferidan koʻp oʻtmay, Barrow Sinisha Mixaylovich qoʻl ostida asosiy hujumchiga aylandi. Yanvar oyida kelganiga qaramay, mavsumning eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylandi. 2021-yil 2-iyulda Bologna uning toʻliq sotib olib, oʻz jamoasiga qoʻshib oldi[9].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 1-iyun kuni Barrow Marokash U23 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Gambiya U23 terma jamoasi safida ushbu oʻyindagi yagona golni kiritdi[10].

Barrow 2018-yil 8-sentabrda Gambiya terma jamoasi safida Jazoir qarshi kechgan Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichi doirasidagi oʻyinda debyut qildi[11].

U 2021-yilgi Afrika Millatlar kubogi musobaqasida oʻynadi va 2 ta gol urdi[12][13]. Bu musobaqa uning jamoasi uchun birinchi qitʼa turniri edi va ular shov-shuvli tarzda yarim finalgacha yetib borishdi.

Faoliyati statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa Jami
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Atalanta 2017-18 A seriya 12 3 2 0 14 3
2018-19 A seriya 22 1 2 0 6 4 30 5
2019-20 A seriya 7 0 0 0 1 0 8 0
Jami 41 4 4 0 7 4 52 8
Bologna (ijara) 2019-20 A seriya 18 9 0 0 18 9
2020-21 A seriya 38 8 2 1 40 9
Bologna 2021-22 A seriya 34 6 1 0 35 6
Jami 90 23 3 1 93 24
Faoliyatidagi jami 131 27 7 1 7 4 0 0 145 32

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Gambiya 2018 3 0
2019 6 1
2020 2 1
2021 7 0
2022 10 3
Jami 28 5
Musa Barrou tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2019-yil 12-iyun Stade de Marrakech, Marrakesh, Marokash  Marokash 1-0 1-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2 2020-yil 16-noyabr Mustaqillik stadioni, Bakau, Gambiya  Gabon 2-0 2-1 2021 Afrika Millatlar Kubogi saralashi
3 2022-yil 16-yanvar Limbe stadioni, Limbe, Kamerun  Mali 1-1 1-1 2021 Afrika Millatlar Kubogi
4 2022-yil 24-yanvar Kouekong stadioni, Bafoussam, Kamerun  Gvineya 1-0 1-0 2021 Afrika Millatlar Kubogi
5 2022-yil 29-may Zabeel stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari  Birlashgan Arab Amirliklari 1-1 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Musa Barrow“ (italyancha). Bologna F.C. (17-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.
  2. „Musa Barrow - TheSportsDB.com“. www.thesportsdb.com. Qaraldi: 20-yanvar 2020-yil.
  3. „Vivaio, Primavera: alla scoperta di... Musa Barrow“. www.atalanta.it. 2018-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2018-yil.
  4. „Atalanta, ecco il gioiellino Musa Barrow. Ha già schiantato la Juve“.
  5. Sport. „Higuain gol, Buffon para rigore: Atalanta-Juve 0-1“.
  6. „Crotone 1 - 1 Atalanta - Football“. the Guardian.
  7. „Champions League (Sky Sports)“ (inglizcha). SkySports. Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
  8. „UFFICIALE: Musa Barrow è un giocatore del Bologna“. Qaraldi: 18-yanvar 2020-yil.
  9. „Barrow purchased outright“. Bologna F.C. 1909 (2-iyul 2021-yil).
  10. „U-23 dents Morocco in Int'I friendly - The Point Newspaper, Banjul, The Gambia“. thepoint.gm. 12-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-avgust 2022-yil.
  11. „CAN 2019 : l'Algérie neutralisée en Gambie“. Afrik-Foot (8-sentabr 2018-yil).
  12. https://www.cafonline.com/total-africa -cup-of-nations/matches/2021/2243295/lineups
  13. „The Gambia name squad for first Nations Cup finals“. BBC Sport.