Musʼab ibn az-Zubayr
Mu’sab ibn az-Zubayr ibn al-Avvom al-Asadiy (arabcha: مُصْعَبِ ٱبْن الزُّبَيْرِ ٱبْن الْعَوَّامِ الأَسَدِيّ; 691-yil oktyabrda vafot etgan) Ikkinchi fitna paytida muhim shaxslardan bri bi’lgan. 686–691-yillarda Iroqdagi Basra viloyatining hokimi boʻlib xizmat qilgan va bu lavozimda Abdulloh ibn az-Zubayr nomidan faoliyat yuritgan. Paygʻambar Muhammadning yaqin sahobalaridan biri boʻlgan Zubayr ibn Avvomning oʻgʻli. Basraga hokim boʻlishidan avval Umaviylar qoʻl ostidagi Falastin (Shom) hududiga yurish qilgan, biroq bu yurish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. 687-yilda Mus’ab Muxtor as-Saqafiyga qarshi bir necha janglardan soʻng uni tor-mor qilib, oʻldirgan va shu orqali butun Iroq ustidan nazoratni qoʻlga kiritgan. Biroq iroqliklar orasida shikoyatlar kuchaygani tufayli akasi Abdulloh ibn az-Zubayr uni lavozimidan boʻshatgan. Oradan koʻp oʻtmay, Mus’ab yana Basra hokimi etib tayinlangan. 691-yilda Umaviy xalifasi Abdulmalik ibn Marvon boshchiligidagi qoʻshinlar bilan boʻlgan Maskin jangida Mus’ab halok boʻlgan. Oʻz davrining keskin siyosiy kurashlarida faol qatnashgan, ayniqsa, Muxtor as-Saqafiyga qarshi harakatlari bilan tarixda nom qoldirgan harbiy va siyosiy arbob boʻlgan.
Yoshlik davri va oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mus’ab koʻzga koʻringan sahobalardan biri Zubayr ibn Avvomning oʻgʻli boʻlgan[1]. Mus’abning onasi Banu Kalb qabilasi boshligʻining qizi Rabob binti Unayf edi[2]. Umaviylar xalifasi Muoviya I hukmronligining oxirgi yillarida (h. 661–680) Mus’ab Madinadagi masjidlardan birida diniy ilmlarni oʻrganish maqsadida yigʻilgan kishilar guruhining aʼzosi boʻlgan. Bu guruhda, shuningdek, Mus’abning oʻgay ukasi Urva ibn Zubayr va keyinchalik Umaviylar xalifasi boʻlgan Abdulmalik ibn Marvon ham bor edi[3]. Mus’ab ham koʻplab ukalari singari shaharning Baqi' hududidan yer va mulk meros qilib olgan va uning oʻsha hududda uyi boʻlgan[4].