Asan Murtazayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Murtazayev Asan Murtazayevichdan yoʻnaltirildi)

Asan Murtazayevich Murtazayev (1900.20.11, Yevpatoriya – 1983, Toshkent) — fizik kimyogar. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1961), kimyo fanlari doktori (1950), professor (1950), Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1930). Oʻrta Osiyo geol.qidiruv instituti xodimi (1930–31), Oʻrta Osiyo universitetida dotsent (1936–42), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutida (1937– 42), Toshkent farmatsevtika institutida (1943–77) kafedra mudiri. Ilmiy ishlari fizik kimyo va elektrokimyoga oid. Murtazayev rahbarligida metallangan grafit elektrodni potensiometrik titrlashda qoʻllash usuli ishlab chiqilgan.[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "MURTAZAYEV Asan Murtazayevich" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Ташкентский Фармацевтический Институт, 2018-03-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-07-30