Kontent qismiga oʻtish

Murodjon Azimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Murotjon Azimovdan yoʻnaltirildi)

Vikipediyada ismi Murodjon va familiyasi Azimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Murodjon Azimov
 Qashqadaryo viloyati hokimi
Mansab davri
2021-yil 18-noyabrdan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Zoir Mirzayev
 Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2018-yil 12-fevraldan  2021-yil 18-noyabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Muidjon Tohiriy
Vorisi Akmalxoʻja Mavlonov
 Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurarorining oʻrinbosari
Mansab davri
2016-yil sentyabr  2018-yil
 Buxoro viloyati prokurori
Mansab davri
2014-yil  2016-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1976-yil 16-mart (1976-03-16) (50 yosh)
Qarshi, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR
Maʼlumoti Toshkent davlat yuridik universiteti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Xizmat yillari 1998-yildan
Unvoni general-mayor

Murodjon Berdialiyevich Azimov (1976-yil Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. Qashqadaryo viloyati hokimi (2021-yildan[1], 2022-yildan tasdiqlangan[2]).

Murodjon Azimov 1976-yil 16-mart kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tugʻilgan[3].

1998-yilda Toshkent yuridik institutini tugatgan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998—2014-yillarda Qarshi shahar prokuraturasida tergovchi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasida prokuror, viloyat prokurorining oʻrinbosari va tuman prokurori lavozimlarida ishlagan[4]. 2014—2016-yillarda Buxoro viloyati prokurori, 2016—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2018—2021-yillarda Oʻzbekiston davlat bojxona qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Bojxona xizmati general-mayori[5]. 2021-yil 18-noyabr kuni Qashqadaryo hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi[6]. 2022-yil 22-apreldan Qashqadaryo viloyat hokimi[7].