Kontent qismiga oʻtish

Muroqaba

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Muroqaba (arabcha: مراقبة‎ – kuzatish; mushohada qilish; nazorat qilish, tekshirish) – oʻzi, oʻz ichki dunyosi haqida fikr yuritish, mushohada qilish[1]. Tasavvufda esa, bu atama insonning oʻz qalbini poklash, Alloh taoloning doimiy nazorati ostida ekanligini his qilish va Unga yaqinlashish maqsadida ichki tafakkur va mushohadaga berilish holatini ifodalaydi[2]. Bu usul tariqatlarda keng tarqalgan boʻlib, rivoyatlarga koʻra, Muhammad paygʻambar Jabroil bilan uchrashishidan oldin Hiro gʻorida boʻlgan paytlarida shu amaliyotni qoʻllagan[3].

  1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023 — 964-bet. ISBN 978-9943-8834-4-4. 
  2. „Муроқаба“. Islom.uz (2017-yil 1-mart). Qaraldi: 2025-yil 9-fevral.
  3. „Sahih Al Bukhari, Hadith 3“. Sunnah.com.