Malik Murodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Murodov Malikdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Malik Murodov (1933.20.7, Yangiqoʻrgʻon tumani — 2001.25.12, Toshkent) — folklorshunos olim. Oʻzbekiston Res-publikasi fan arbobi (1997). Filologiya fanlari d-ri (1977), prof. (1980). Toshkent unti filologiya fakultetini tugatgan (1955). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot institutining folklor boʻlimida katta ilmiy xodim (1961—67), Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida boʻlim mudiri (1967—78), Toshkent madaniyat institutida kafedra mudiri (1979—2001). M.ning ilmiy faoliyati Janubiy Oʻzbekiston dostonchilik maktablarining epik anʼanalari va bugungi tari-xiy-folkloriy jarayenining oʻziga xos xususiyatlariga bagʻishlangan. U 1959 yildan folklor ekspeditsiyalarida qatnashib, oʻnlab xalq baxshilarining ijodiy faoliyati, doston kuylash mahoratini ta-dqiq etgan. M.ning "Ijod durdonalarini izlab" (1967), "Sarchashmadan tomchilar" (1984) kitoblari dostonchilikning nazariy masalalariga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil