Kamol Murodov
| Kamol Murodov | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | Erkak |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi |
1974-yil 29-noyabr Olot tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Sport | |
| Qaysi sport | Dzyodo |
| Medallar | |
|
| |
| Sport mukofotlari | ||
|---|---|---|
| Osiyo chempionati | ||
| Kumush | Osaka 2000 | 90kg gacha |
| Osiyo o‘yinlari | ||
| Bronza | Bangkok 1998 | 90kg gacha |
Kamol Murodov (1974-yil 29-noyabrda Buxoro viloyati Olot tumanida tugʻilgan) — oʻzbek dzyudochisi. 1996 va 2000-yildagi yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi, 2000-yilgi Osiyo chempionati kumush medali sovrindori, 1998-yilda yozgi Osiyo oʻyinlarining bronza medali sovrindori.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kamol Murodov 1974-yil 29-noyabrda Buxoro viloyati Olot tumanida dunyoga keladi[1].
1996-yili Atlantada boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi safiga qoʻshiladi va 95 kg dan yuqori vazn toifasida ishtirok etdi. Murodov 1/8 finalda lyuksemburglik Igor Myullerga 2 daqiqada taslim boʻladi[2] .
1998-yili Bangkokda boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 90 kg vazn toifasida ishtirok etib, bronza medali sohibi boʻladi[3].
Kamol Murodov 2000-yili Sidneyda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida u Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. 90 kg gacha vazn toifasida ishtirok etib, 1/8 finalda esa 3-daqiqada janubiy koreyalik Yu Son Yonuga magʻlub boʻladi[4] .
Kamol oʻsha yili Osaka shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 90 kg vazn toifasida finalda janubiy koreyalik Yun Don Sikuga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qoʻlga kiritadi[5] .
U bir necha bor vakillik xalqaro turnirlarida gʻolib boʻlgan: 1998-yilda Myunxendagi World Masters musobaqalarida, 1999-yilda Nyu-Yorkdagi New York Open turnirida, 2000-yilda Nabuldagi turnirda gʻolib chiqqan[5] .
Kamol Murodov Harbiylar boʻyicha uch marotaba jahon chempionatida gʻolib boʻladi: 1997-yilda Dubrovnikda va 1998-yilda Sankt-Peterburgda bronza medallarini, 2000-yilda Den Xelderda kumush medalini qoʻlga kiritadi[5] .
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Kamol Murodovni tabriklaymiz!“. Olamsport.com. Qaraldi: 11-iyul 2025-yil.
- ↑ „Olympedia – Heavyweight (>95 kilograms), Men“. www.olympedia.org. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
- ↑ „Olympedia – Kamol Muradov“. www.olympedia.org. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
- ↑ „Olympedia – Middleweight (≤90 kilograms), Men“. www.olympedia.org. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
- 1 2 3 „JudoInside - Kamol Muradov Judoka“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
