Kontent qismiga oʻtish

Murodiya masjidi

Koordinatalari: 38°36′35.6″N 27°25′44.3″E / 38.609889°N 27.428972°E / 38.609889; 27.428972
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Murodiya masjidi
turkcha: Muradiye Camii
Murodiya masjidi
Mamlakat  Turkiya
Shahar Manisa
Koordinatalar 38°36′35.6″N 27°25′44.3″E / 38.609889°N 27.428972°E / 38.609889; 27.428972
Yoʻnalishi sunniylik
Meʼmoriy uslub Usmoniylar meʼmorchiligi
Meʼmor Xoʻja Sinon,
Sedefkar Mehmed ogʻa
Binokorlik 1583-yil1586-yil
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 45 m (148 ft)?

Murodiya masjidi (turkcha: Muradiye Camii) – Turkiyaning janubi-gʻarbiy qismidagi Manisa shahrida joylashgan XVI asrga oid Usmoniylar masjidi. Sulton Murod III buyrug'iga binoan imperiya meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan ishlab chiqilgan.

Manisadagi Murodiya masjidi 1583–1586-yillar oraligʻida Usmoniylar imperiyasi sultoni Murod III uchun qurilgan[1]. 1571-yilda shahzoda Murod Manisa hokimi boʻlib xizmat qilgan paytda shu yerda avval qurilgan kichik masjid oʻrnida bunyod etilgan. Sulton masjidi Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan, biroq meʼmor Mahmud Xalife, soʻngra 1586-yil yanvar oyidan boshlab Istanbuldagi Ahmadiya masjidi loyihasini ishlab chiqqan meʼmor Sedefkar Mehmed ogʻa tomonidan qurilgan[1]. Sopol qoplamalar bilan birga baʼzi toshlar ham poytaxtdan yuborilgan rassomlar jamoasi tomonidan bezatilgan[1]. 1584-yilda sulton Venetsiyadan 150 ta Murano moyli lampalarini buyurtma qildirgan va ular aynan Murodiya masjidi uchun moʻljallangan boʻlishi mumkin[1]. Masjidga tutash madrasa va mehmonlar uyi 1590-yildan keyin qurib bitkazilgan[1]. Masjid qurilishi yakuniga yetganidan soʻng meʼmor Sinon ham, sulton Murod ham u yerga tashrif buyurmagan[1].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid qumtoshdan qurilgan, markaziy qismi bitta gumbaz bilan, namozxona esa uchta yarim gumbazlar bilan qoplagan. Ayvon beshta kichikroq gumbaz bilan yopilgan, bundan tashqari ikkita minoralari ham mavjud boʻlib, ularning har biri bittadan balkonli qilib qurilgan[1]. Masjidning ichki qismi Iznik koshinlari bilan bezatilgan. Masjid madrasa (islom maktabi) va imorat (umumiy xayriya oshxonasi)dan iborat kattaroq majmua (külliye) tarkibiga kiradi. Tarixiy Manisa shahrining katta qismi 1922-yilda yunon armiyasining shaharni tark etishi chogʻida vayron qilingan, Murodiya masjidi esa shaharda saqlanib qolgan kam sonli yodgorliklardan hisoblanadi. Imorat hozirda Manisa muzeyiga aylantirilgan.

  • Necipoğlu, Gülru. The Age of Sinan: Architectural Culture in the Ottoman Empire. Reaktion Books, 2005. ISBN 978-1-86189-253-9.