Kontent qismiga oʻtish

Murodiya majmuasi

Koordinatalari: 40°11′27″N 29°02′46″E / 40.190853°N 29.046144°E / 40.190853; 29.046144
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Murodiya majmuasi
turkcha: Muradiye Külliyesi

Murodiya majmuasi
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi Bursa, Turkiya
Koordinatalar 40°11′27″N 29°02′46″E / 40.190853°N 29.046144°E / 40.190853; 29.046144
Murodiya majmuasi

Murodiya majmuasi (turkcha: Muradiye Külliyesi) yoki Usmoniylar imperiyasi sultoni Murod II majmuasi (h. 1421–1451, 1444–1446-yillarda uzilish bilan), Turkiyaning Bursa shahrida joylashgan tarixiy masjid. UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[1].

Sulton Murod II tomonidan Bursada qurdirilgan masjid majmuasida oʻn ikkita qabr (türbe) mavjud boʻlib, ularning aksariyati sulton Murod II ning qarindoshlariga tegishli[2]. Majmua qurilishi Bursaning sharqiy hududida joylashgan Yashil masjid qurib bitkazilganidan keyin boshlangan. 1855-yilda sodir boʻlgan kuchli zilzila Murodiya majmuasining katta qismiga zarar yetkazgan, XIX asr oxirida majmuani qayta tiklash ishlari yakuniga yetkazilgan[3]. Yana bir restavratsiya loyihasi 2015-yilda yakunlangan[4].

Majmua Murodiya masjidi, Murodiya madrasasi, Murodiya hammomi, Murodiya hospisi, favvora, epitafiyalar va koʻplab qabrlar, jumladan, Sulton Murod II maqbarasi, Shahzoda Ahmed, Chem Sulton[5], Shahzoda Mustafo, Mahidevran sulton, Gulshoh xotun qabrlari, Huma xotun maqbarasi, Sittishah xotun, Saroylilar va Shirin xotun qabrlarini oʻz ichiga oladi[6].

Masjid majmuadagi 1426-yilda qurib bitkazilgan ilk loyiha edi. Bino soddalashtirilgan teskari T reja asosida qurilgan, old qismidagi ayvon gʻishtdan qurilgan, ustki qismi toʻrtta katta gumbaz bilan qoplangan[7]. Minoralar soni ikkita, birinchi minora eski, ikkinchi minora esa XIX asrda sodir boʻlgan zilzila natijasida qulab tushgan va 1904-yilda qayta qurilgan. XVIII asr boshlarida masjidda yongʻin sodir boʻlgan, shu sababli keyinchalik mehrob rokoko uslubida qayta tiklangan.

Madrasa masjidning gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, markaziy hovlidan iborat, atrofi talabalar xonalari bilan oʻralgan, orqa tomoni esa gumbaz bilan qoplangan sinf xonasi hisoblanadi. Tashqi qismi gʻisht va toshdan qurilgan. Madrasaning oʻzida koʻplab restavratsiya ishlari amalga oshirilganligi tufayli binoning aynan qachon qurilgani haqidagi yozuvi mavjud emas. Masjiddagi yozuvda madrasa ham 1426-yilda sulton Murod II tomonidan qurilgani aytiladi[8]. Toʻq koʻk va firuza plitalar masjidning ichki qismini, gʻisht esa binoning tashqi qismini bezatib turadi.

Bir qancha manbalar sulton Murod II maqbarasining qachon qurilganligi haqida bir qancha qarama-qarshi maʼlumotlar beradi. Baʼzilar maqbaraning 1451-yilda uning vafotidan oldin qurilganini, boshqalar esa Murod II ning vasiyatiga binoan uning oʻgʻli Mehmed II tomonidan qurdirilgan deya maʼlumot bergan[9]. Kirish qismining ustida katta soyabon oʻrnatilgan boʻlib, relyef shaklida oʻyib ishlangan va yuzduz shaklidagi naqshlar bilan ishlov berilgan. Qoʻshimcha bino ichida yana toʻrta maqbara joylashgan boʻlib, ularga Alouddin Ali (qoʻshimcha bino ham aynan uning nomi bilan atalgan), shahzoda Ahmet[10], Orhan va Shahzoda xotunning maqbaralari kiradi.

Qolgan oʻn bir qabr masjid va madrasaning janubida joylashgan boʻlib, sultonning qolgan oila aʼzolari qabrlari hisoblanadi. Ular, asosan, koʻk rangdagi polixrom sirlangan plitkalar bilan bezatilgan, faqatgina Shahzoda Mustafo va Mahidevran Sultonning qabrlari XVI asrga oid boʻyash usulida ishlov berilgan Iznik plitkalari bilan bezatilgan.

1950-yillarda madrasa sil kasalligi klinikasiga aylantirilgan, hozirda u yerda tibbiyot markazi joylashgan[11].

  1. Centre. „Bursa and Cumalıkızık: the Birth of the Ottoman Empire“ (en). UNESCO World Heritage Centre. Qaraldi: 2024-yil 10-aprel.
  2. Overview in: Richard H. Turnbull, "The Muradiye Complex in Bursa and the Development of the Ottoman Funerary Tradition, " PhD dissertation, Institute of Fine Arts, New York University, 2004.
  3. On the 19th-century restorations, see: Beatrice St. Laurent, „Léon Parvillée: His Role as Restorer of Bursaʼs Monuments after the 1855 Earthquake and his Contribution to the Exposition Universelle of 1867,“ in l’Empire ottoman, la République de Turquie et la France, ed. Hâmit Batu and Jean-Louis Bacqué-Grammont. Istanbul: Isis, 1986, 247–282.
  4. „150 YILLIK SIVANIN ALTINDAN 550 YILLIK TARİH ÇIKTI | Haberler“ (en). www.bursa.bel.tr. 2020-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-mart.
  5. „Sehzade Mustafa, Cihangir, Mehmed Tomb, Muhtesem Yuzyil“. YouTube. 2025-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 4-fevral.
  6. Richard H. Turnbull, "The Muradiye Complex in Bursa and the Development of the Ottoman Funerary Tradition, " PhD dissertation, Institute of Fine Arts, New York University, 2004.
  7. Aptullah Kuran, The Mosque in Early Ottoman Architecture. Chicago: University of Chicago Press, 1968, 71–72.
  8. Albert Gabriel, Une capitale turque: Brousse, Bursa. Paris: E. de Boccard, 1958, vol. 1, p.111; Robert Mantran, "Les inscriptions arabes de Brousse, " Bulletin d’Etudes Orientales XIV (1954): 87–114, at 94.
  9. On the testament, see: Mithat Sertoğlu, "İkinci Murad’ın Vasiyetnamesi, " Vakıflar Dergisi 8 (1969): 67–69 and İsmail Hakkı Uzunçarşılı, . "Sultan II. Murad’ın Vasiyetnamesi, " Vakıflar Dergisi IV (1958): 1–18.
  10. Albert Gabriel, Une capitale turque: Brousse, Bursa. 2 vols., Paris: E. de Boccard, 1958, vol. 1, 118
  11. „Muradiye Complex in Bursa, Turkey“. Lonely Planet. Qaraldi: 2017-yil 28-may.