Kontent qismiga oʻtish

Murod I ning qabri

Koordinatalari: 42°42′07″N 21°06′15″E / 42.70194°N 21.10417°E / 42.70194; 21.10417
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sulton Murod I maqbarasi (albancha: Tyrbja e Sulltan Muratit; turkcha: Sultan I. Murad Türbesi, shuningdek, Meşhed-i Hüdâvendigâr nomi bilan ham tanilgan) – bu Usmoniylar sultoni Murod I ga bagʻishlab bunyod etilgan maqbara (türbe), Kosovodagi Prishtina tumanida joylashgan.

Sulton Murod I maqbarasining tashqi koʻrinishi
Sulton Murad I maqbarasi 2008-yildagi taʼmirdan oldin

Sulton Murod I (laqabiHüdavendigâr boʻlib, „Xudoga oʻxshagan“ yoki „hukmdor“ degan maʼnoni bildiradi) 1389-yilda Kosovo jangida halok boʻlgan. Ushbu yodgorlik XIV asrda[1] Murod I ning oʻgʻli Boyazid I tomonidan qurilgan boʻlib, Kosovodagi Usmoniylar meʼmorchiligining birinchi namunasi hisoblanadi. Sultonning ichki aʼzolari Kosovo maydonida dafn etilgan va bugungi kungacha shu joydagi maqbarada saqlanmoqda. Jasadiing boshqa qismlari esa uning tugʻilgan joyi Onadoʻlidagi Bursa shahriga olib ketilib, oʻsha yerda joylashgan ikkinchi maqbarasiga, yaʼni Hüdavendigâr majmuasiga dafn etilgan[2].

Ushbu yodgorlik haqida 1660-yilda Avliyo Chalabiy tomonidan eslab oʻtilgan. Maqbara mahalliy musulmonlar uchun diniy ahamiyat kasb etadi[manba kerak].

42°42′07″N 21°06′15″E / 42.70194°N 21.10417°E / 42.70194; 21.10417