Murod 1Gʻoziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

MUROD 1 Gʻoziy, Xudovandigor (1326—1389) — Usmonlilar sulolasita mansub Turkiya sultoni (1362—89). Sulton Oʻrxon Gʻoziyning oʻgʻli. Taxt tepasiga kelgan ML birodarlari Ibrohim va Xalillarni qatl etgach, Kichik Osiyoning sharqiy va jan. xududlarini oʻz tasarrufiga kiritadi. Tez orada mamlakatning ilgari qoʻldan chiqqan gʻarbiy yerlarini qaytarib oladi. 1362 yil bolgarlarning Filippopol (Plovdiv) shahrini zabt etadi. Oradan 2 yil oʻtgach, bolgar shoqi Shishman usmoniylar sultoniga xiroj toʻlovchiga aylanadi. M.I 14-asrning 70-yillarida poytaxtni Edirne (Adrianopol)ga koʻchiradi. M.1 1376 yil Vizantiya tasarrufiga oʻtgan Gallipoli ya.o.ni qaytarib oladi; 70—80-yillarda Bolkrndagi barcha yerlarni bosib oladi. 1389 yilning iyunida M.1 ulkan armiyasi bilan serb yerlariga kiradi. Kosovo maydonida knyaz Lazar boshlik, serb kuchlari bilan toʻqnashadi (1389 yil 15 iyun). M.I qaror-gohiga Lazar armiyasi haqida maʼlumot bermoqchi boʻlgan serb-krchoq Miloshni olib kelishadi, u tusatdan M.1 ning yuragiga xanjar sanchadi. Biroq, M.I ning qoʻshini jangda gʻalaba qozonadi. Asirga olingan Lazar jon berayotgan M.I koʻz oʻngida qatl qilinadi. M.I ning toʻngʻich farzandi Boyazid I Yildirim sultonlik shohsupasiga oʻtiradi.

Ad.:Novichev A. D., Istoriya Tursii, t. 1, L., 1963; Petrosyan Yu.A., Osmanskaya imperiya. Mogushestvo i gibel, M., 1990.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil