Murgʻob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Murg‘obdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

MurgʻobAfgʻoniston va Turkmanistondagi daryo. Uz. 978 km, xavzasining maydoni 469 ming km². Afgʻoniston hududidagi Paropamiz togʻlaridan boshlanib, Bandi-Turkiston va Sa-fedkoʻh tizmalari oraligʻidagi tor vodiydan oqadi. Turkmaniston hududida vodiy kengayadi, bu yerda irrigatsiya tarmoqlari barpo etilgan. Daryo Qoraqum choʻliga chiqqandan soʻng quruq delta hosil qiladi. Mari shahridan yuqoriroqda M.ni Qoraqum kanali kesib oʻtgan. Qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi oʻrta oqimida 52m³/sek. Martmay oylarida suvi koʻpa-yadi, qishda daryo toshadi. Suviningloyqaligi 4500 g/m3. Irmoqlari: ungda — Obiqaysar, chapda — Kashan, Kushka. M. suvi sugʻorishga sarflanadi. M. boʻyida Yoʻloʻtan, Mari, Bayramali shaharlari joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil