Murakkab reaksiyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Murakkab reaksiyalar - ayrim boskichlari turli kimyoviy tabiatga ega boʻlgan kimyoviy reaksiyalar. Hamma bosqichlari kimyoviy tabiati jihatidan oʻxshash yoki bir-biridan faqat yoʻnalishi bilan farq qilgan reaksiyalar, aksincha, oddiy (elementar) re-aksiyalardir. Bunda bir vaqtda atigi bitta, Murakkab reaksiyalarda esa yonmayon yoki ketma-ket bir necha reaksiya boradi. Murakkab reaksiyalar tarkibiga kirgan oddiy reaksiya uning bir bosqichi boʻladi. Murakkab reaksiyalarga kaytar, parallel, ketma-ket, zanjir, katalitik va h.k. reaksiyalar kiradi. Qaytar reaksiyalar — bir sharoitda bir vaqtda qarama-qarshi tomonga boruvchi reaksiyalar. Bunda reaksiya uchun olingan moddalarning bir qismi reaksiyaga kirishadi, bir qismi esa kirishmay qoladi. Qarama-qarshi tomonga borayotgan oddiy jarayonlarning tezligi bir-biriga tenglashganda muvozanat karor topadi. Reaksiyada ishtirok etayotgan moddalarning konsentratsiyalari muvozanat holatiga qarab uzluksiz ravishda oʻzgaradi (dastlabki olingan moddalar konsentratsiyasi kamayadi, hosil boʻlgan mahsulotlar konsentratsiyasi esa koʻpayadi), muvozanat qaror topgandan soʻng oʻzgarmay qoladi. Muvozanat holatdagi konsentratsiya muvozanat konsentratsiya deyiladi. Dastlabki olingan moddaning qancha qismi yangi moddaga aylangani (reaksiyaning chikimi)ni muvozanat konstanta tavsiflaydi. Qaytar reaksiyaga SO2 + N2 ^± SO + N.O reaksiyasi misol boʻla oladi. Tenglik alomati oʻrniga yozilgan <=* alomati reaksiyaning ikki tomonga borishini koʻrsatadi.

Parallel (yonma-yon boradigan) reaksiyalarda bir vaqtning oʻzida dastlabki moddalardan bevosita ikki (yoki bundan koʻp) xil modda hosil boʻladi.

Reaksiyaning umumiy tezligi ikkala oddiy reaksiya tezligining yigʻindisiga teng.

Ketma-ket (konsekutiv) reaksiya l a r qator oraliq moddalar hosil qilish bilan boradi. Oraliq moddalarni reaksiyaning borishini kuzatishda qoʻllanadigan odatdagi usullar bilan aniqlab boʻlmaydi, lekin ularning konsentratsiyasini spektroskopik va boshqa fizik usullar vositasida aniqlash mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil