Murakkab oʻgʻitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Murakkab oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimliklar oziqlanishi uchun zarur bir necha element (azot va fosfor, azot va kaliy, fosfor va kaliy yoki azot, fosfor, kaliy) boʻlgan va yagona texnologi k jarayonda olinadigan kimyoviy birikmalar. M.oʻ.da ballast moddalar boʻlmaydi, ular yuqori konsentratsiyali oziq elementlarga ega, ularni tashish, saqlash va tuproqqa solish ancha arzonga tushadi va tarkibidagi oziq elementlarini oddiy oʻgʻitlarga karaganda oʻsimlik yaxshi oʻzlashtiradi. M.oʻ. ga ammofos, diammofos, ammoniylashgan superfosfat, kaliyli selitra, nitroammofoska, nitrofoska, kalsiy polifosfati, suyuklantirilgan kaliy metafosfati va kaliy, kalsiy pirofosfati, mochevina-fosfatlar, fosfoammomagneziya vab. kiradi. M.oʻ.da oziq moddalari NPK nisbati bilan belgilanadi, mas, 1:1:0,5. Oziq moddalarning umumiy miqdorini bilib, oʻgʻitdagi azot, fosfor va kaliy miqdorini topish oson. M.oʻ.ni hamma turdagi tuproqlarda har xil ekinlar uchun qoʻllash mumkin. Oʻgʻitlarni ishlatish meʼyorlari oʻgʻit tarkibidagi NPK miqdori, oʻsimlik ehtiyoji va tuproq xususiyatlariga qarab belgilanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil