Qoʻqon pedagogika instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qoʻqon pedagogika instituti, Muqimiy nomidagi Qoʻqon pedagogika instituti — pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1931 yil yanvarda kechki pedagogika instituti nomi bilan tashkil etilgan. 1939 yildan Oʻqituvchilar instituti, 1943 yildan Xotinqiz oʻqituvchilar instituti deb atalgan. 1954 yildan hozirgi nomda. 1943 yil oktabrda Muqimiy nomi berilgan. Institutda 9 fakultet (mat. va informatika, fizika-texnika, kimyo-geogr., oʻzbek tili va adabiyoti, chet tili, pedagog, jismoniy tarbiya, tarixhuquqshunoslik, musiqa), 26 kafedra, 13 boʻlim (maʼnaviyat va maʼrifat; oʻquv jarayoni sifatini nazo-rat qilish; ilmiy; oʻquv; axborot texnologiyalari; taʼminot; rejalashtirish; kadrlar; maxsus; mehnat muho-fazasi; texnik; xoʻjalik; sirtqi), 25 oʻquv va 1 ilmiy laboratoriya, kutubxona (220454 asar) va oʻquv zali bor (2005). Institut 16 taʼlim yoʻnalishi (mat. va informatika; fizika va astronomiya; kimyo va ekologiya; biol. va inson hayotiy faoliyati xavfsizli-gi; geogr. va iqgisodiy bilim asoslari; tarix; ped. va psixologiya; musiqiy taʼlim; oʻzbek tili va adabiyoti; ingliz tili; rus tili va adabiyoti; milliy istiqlol gʻoyasi hamda huquq va maʼnaviyat asoslari; boshlangich taʼlim va sport tarbiyaviy ish; maktabgacha taʼlim va bolalar sporti; jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat; mehnat taʼlimi) boʻyicha bakalav-rlar, 3 ixtisoslik (mat., fizika, oʻzbek tili va adabiyoti) boʻyicha magistrlar tayyorlaydi. Institutda 1998 yildan aspirantura faoliyat yuritadi. 2004/05 oʻquv yili institutda 7086 talaba taʼlim oldi, 444 professor-oʻqituvchi, jumladan, 11 fan doktori va professor, 88 fan nomzodi va dotsent ishladi. Institut faoliyati I.Rasulov, O.Bozorov, M.Mukarramov, H.Bobobekov va boshqa professor-oʻqituvchilar nomi bilan bogliq. Institut tashkil etilgandan beri 30755 mutaxassis tayyorladi (2005).