Muqallid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muqallid (arab. — taqlidchi) — oʻzbek anʼanaviy teatrining janri; shu janr ijrochisi. Mshaklidagi tomoshalarda qush va hayvonlarga taqlid qilingan, hayotdagi baʼzi kishilar xulqatvori, qiziq voqealar kulgili tarzda aks ettirilgan. M. 3 xil: hajviy M.lar ("Xum oʻgʻrisi", "Qimorbozlar", "Sudxoʻr akam jon beradi"), parodiyalar ("Uloqchilik", "Kelin tushdi", "Yogʻoch polvon", "Novvoylik"), pantomimalar ("Kiyik oʻyin", "Toʻrgʻay", "Bedana oʻyin"). M. tomoshalarida nutqdan koʻra ijrochi mashara-boz va qiziqchining sahnaviy harakati, holatlari, yuz va koʻz ifodalari muhimroq. M. janri juda qadim zamonlarda shakllangan. Navoiy davrida u yaxshi taraqqiy etgan. Xoja Dexdor, Gʻiyosiddin Muhammad, Abdulla Devona kabi M.lar oʻtgan. 19-asrning 2-yarmi —20-asrning boshida Zokir eshon, Toʻla mas-hara, Mizrob mashara, Odil dupiyoza, Rizo kuyuk kabilar M. janrida katta yutuklarga erishganlar. Shoʻrolar davrida Xorazm masharabozlari (Matchon Baqay, Bobosari, Hayitboy mashara-boz va boshqalar) shuxrat topdilar. 20-asrning soʻnggi va mustaqillik yillarida bu janr anʼanalarini Mirzabek Xolmedov, Hojivoy Tojiboyev, Obid Asomov va boshqa davom ettirib kelmoqda.

Muhsin Qodirov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil