Kontent qismiga oʻtish

Muqaddas Yelena, Meʼroj va Tristan-da-Kunya orollari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muqaddas Yelena, Meʼroj va Tristan-da-Kunya orollari
Saint Helena, Ascension and Tristan da Cunha
Britaniyaning dengizorti hududi
Muqaddas Yelena, Meʼroj va Tristan-da-Kunya orollari bayrogʻi
Madhiya: "God Save the King"
Location of Muqaddas Yelena, Meʼroj va Tristan-da-Kunya orollari
Poytaxt Jeymstaun
Eng katta shahar Half Tri Hallou
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat “Konstitutsiyaviy monarxiya ostidagi
vakolatlari devolutsiya qilingan,
o‘zini o‘zi boshqaruvchi
qaram hududlar.
• Monarx
Charles III
• Muqaddas Yelena, Meʼroj
va Tristan-da-Kunya Gubernatori
Nayjel Fillips
• Meʼroj administratori
Saymon Minshall
• Tristan-da-Kunya administratori
Filip Kendal
• Muqaddas Yelena bosh vaziri
Rebekka Kerns-Uiks
• Vazir
Stiven Douti
Suveren davlat (Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik)
• Muqaddas Yelena
koloniyasi xartiyasi
1657-yil
• Tojli koloniyasi
1834-yil 22-aprel
• Meʼroj hududi
tarkibga kiritildi
1922-yil 12-sentyabr
• Tristan-da-Kunya hududi
tarkibiga kiritildi
1938-yil 12-yanvar
• Amaldagi konstitutsiyasi
2009-yil 1-sentyabr
Maydon
• Butun
394 km2
Aholi
• 2016-yilgi roʻyxat
5,633
• Zichlik 13.4/km2
YIM (nominal) taxminan-yil roʻyxati
• Butun
$43 million
Pul birligi Muqaddas Yelena funti
(£) (SHP) (Muqaddas Yelena va Meʼroj)
Funt sterling (£) (GBP) (Tristan-da-Kunya)
Vaqt mintaqasi UTC±00:00 (GMT)
Sana formati kun/oy/yil
Avtomobil harakati Chapga
Telefon prefiksi +290 (Muqaddas Yelena va Tristan-da-Kunya)
+247 (Meʼroj)
ISO 3166 kodi SH
Internet domeni .sh.ac (Meʼroj)

Muqaddas Yelena, Meʼroj va Tristan-da-Kunya orollari (inglizcha: Saint Helena, Ascension and Tristan da Cunha) — Buyuk Britaniyaning Muqaddas Yelena va Meʼroj orollaridan, shuningdek, Afrika qirg‘og‘ining janubi va Atlantika g‘arbida joylashgan Tristan-da-Kunya arxipelagidan iborat dengizorti hududi.

Boshqaruv shakli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konstitutsiyaviy monarxiya. Britaniyaning dengizorti hududi. Davlat rahbari Qirol Charles III. Gubernator Qonunchilik va Ijroiya kengashi faoliyatini boshqaradi.

Bo‘linishi va aholisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ma’muriy jihatdan uchta hududga bo‘linadi. Ularning har birini Kengashlar boshqaradi. O‘z navbatida, Muqaddas Yelena orollari 6 ta okrugga bo‘linadi.

Aholisi asosan, Muqaddas Yelena orollarida yashaydi (4300 kishi). Me’roj orollarida faqat harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari istiqomat qiladi (1100 nafar).

Etnik tarkibi sentelenlardir (ingliz, golland, portugal, hind, afrikalik va xitoyliklar avlodlari).

Joylashuvi va tabiati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afrika qirg‘og‘idan g‘arbda, Atlantika okeanida joylashgan orol. Muqaddas Yelena, Me’roj orollari va Tristan-da-Kunya arxipelagini egallagan. 2009-yil 1-sentyabrga qadar Muqaddas Yelena oroli va Hududlar deb nomlangan. 2009-yil 1-sentyabrdan yangi Konstitutsiya kuchga kirgach, har bir orolning teng huquqli maqomidan kelib chiqib, nomi o‘zgartirildi.

Iqlimi — tropik, passatli. Muqaddas Yelena orollari vulqon kelib chiqish asosiga ega. Uning janubiy qismida balandligi 818 mertgacha bo‘lgan so‘ngan vulqonlar joylashgan. Tepaliklarda yili ga 1000 mm gacha yog‘inlar yog‘adi.

Muqaddas Yelena orollarini o‘tloqlar va bo‘talar egallaydi. Oqqarag‘ay, evkalipt, sarv daraxtlari o‘sadi. Me’roj orollari esa o‘tsimon o‘simliklar bilan qoplangan. 858 metrgacha balandlikda so‘ngan kraterlar bor.

Tristan-da-Kunya — to‘rtta vulqonli orol guruhidan iborat. Tristan orollarning eng yirigi bo‘lib, 2062 metr balandlikda uyqudagi vulqonga ega.

1502-yil 21-mayda uni portugallar bosib oldi. Muqaddas Yelena kuni kashf etilgani sababli orolga shunday nom berilgan. Tristan-da-Kunya shu nomdagi portugaliyalik dengizchi tomonidan 1506-yilda ochilgan. 1659-yili Britaniya bu yerga o‘z harbiy bazasini joylashtirdi. 1815-yili Muqaddas Yelena oroliga Fransiya hukmdori Napoleon Bonapart surgun qilindi va 1821-yilda shu yerda vafot etdi. Suvaysh kanali ochilishi bilan uning ahamiyati pasaydi. 1942-yili Me’roj orollariga AQSHning harbiy-havo bazasi joylashtirildi. 1954-yili Florida markazidan uchuriladigan fazo raketalarini kuzatish stansiyasi o‘rnatildi. 1982-yili Me’roj oroli Folklend orollari uchun kechgan urushda Britaniyaning asosiy bazasiga aylandi.

Buyuk Britaniyaning moliyaviy yordamiga sezilarli darajada qaramdir va u davlat yillik budjetining 70 foizigacha qoplaydi.

Mahalliy aholi asosan baliqchilik bilan shug‘ullanadi, uy hayvonlarini boqadi, hunarmandchilik buyumlarini sotadi. 25 foiz aholisi Britaniya va Folklend orollariga ishlashga chiqib ketadi.

Zig‘ir, qahva, bug‘doy, kartoshka, sabzavotlar yetishtiriladi. Tristan-da-Kunyada omarlar tutiladi.

Buyuk Britaniya va JAR asosiy savdo sheriklaridir.

  • Laziz Rahmatov. «Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha». Toshkent, 2019-yil