Munshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Munshidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Munshiy, munshi (arab.kotib, ijodkor) — Oʻrta Osiyo xonliklari davrida xonlar yoki ayrim hokimlarning shaxsiy kotibi, yozuvchizuv ishlarini olib borgan shaxs. M. lavozimiga, odatda, maʼlumotli va husnixat kishilargina olingan. M.lar olim va fozil kishilar boʻlganligi uchun oddiy kotib (qarang A/irza)lardan farq qilgan. Ular zimmasiga xon va amirlarning maktub va farmonlarini yozish yuklatilgan. Tarixiy asarlarning aksariyati ana shu M.lar qalamiga mansub. M. lavozimida boʻlgan kishilar M. soʻzini taxallus sifatida oʻz nomlariga koʻshib aytishgan (mas, Iskandar Munshiy, Mirza Muhammad Sodiq Munshiy va boshqalar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil