Munke
Munke, Mangu (1208-1259) -Moʻgʻullar davlatining 4-buyuk xoni (kroni), Chingizxonning nabirasi, Tulixonning toʻngʻich farzandi. 1251 yil Qoraqurumt boʻlgan qurultoyda Botuxonning qaroriga binoan qoonlik shohsupasiga oʻtirgan. Qurultoy paytida M.ning hukmdor etib saylanishiga qarshi chiqmoqchi boʻlgan Oʻqtoyxon tarafdorlari hibsga olinadi. 78kishi qurultoydan keyin qatl etiladi, Sheramun va boshqa xonzodalar afv etiladi va mamlakatning turli chekka viloyatlariga joʻnatiladi. M. dushmanlik ruhida boʻlgan Chigʻatoy va Oʻqtoy uluslarini boʻysundirish hamda tasarrufidagi yerlar chegarasini Botuxonga tegishli boʻlgan Joʻji ulusi sarhadlarigacha yetkazishga muvaffaq boʻladi. Chigʻatoy ulusiga Ergana xotun (Orqina xotun) hukmdor etib tayinlanadi. Chingiziylar imperiyasida Chingizxon asos solgan yakka hokimlik oʻrnida Botuxon va M. rahbarligidagi ikki hokimlik vujudga keladi. Sharqiy Turkiston, Quljin, Yettisuv M. tasarrufiga kiradi. Movarounnahr Botuxonga boʻysunadi. M. davriga muayyan viloyat yoki yurtning millati va dinini eʼtibordan qochirmagan holda boshqarishga katta eʼti-bor qaratiladi. Shu bois qoon devonida barcha millat vakillari faoliyat koʻrsatar, birorbir yurt, elat xalqiga qarata qabul qilinadigan qaror yoki murojaatnomalar shu xalqning tilida va yozuvida bitilar edi.
M. soliq undirishning Oʻqtoyxon vaqtida oʻrnatilgan tartibini qayta joriy etadi va bu boradagi mavjud boshboshdoqlikka chek qoʻyadi. Soliqning miqdori aniq belgilangan, asosan, pul shaklida yigʻilgan. Rashiduddinning fikricha, jonbosh soligʻi Xitoy va Movarounnahrda eng kupi 15 dinor, Xuroson va Eronda eng koʻpi 7 dinor, eng kami esa, 1 dinorni tashkil qilgan.
M. Chingizxon vafotidan soʻng qabul qilingan barcha yorliq va payzalarni bekor etadi. Natijada xonzodalar barcha amallarini buyuk qoonning noiblari bilan maslahatlashgan holda amalga oshirishga majbur boʻldilar.
Moʻgʻullarga qarshi Xitoyliklar 40 yildan ortiq jang qildilar. Sun sulolasi generallari oʻta darajada mohirlik bilan jang qilib qarshilik korsatdgan.Bu jang Moʻgʻullar yurushidagi eng ogʻir va murakkab jang boʻlgan, Moʻgʻullar oldin bosib olingan hududdlarda juda katta kuchlarni Xitoy bilan urushga sarflagan bu esa juda katta yoʻqotishlarga olib kelgan ,hukumdorning oʻzi ham bu urushda halik boldi.Munkexoning Xitoyga yurushi juda qimmatga tushdi.Uning oʻlimi ikki xil versyaga ega. birinchisi: Xitoyliklar bilan jangda Xitoyliklar tomonidan yarador qilingan va vafot etgan.Ikkinchi versa :1259-yil Xitoyga qarshi olib borilayotgan urush chogʻida vabo kasaliga chalinadi va 8 kunlik xastalikdan soʻng vafot etadi. Uning jasadi oʻgʻli Asutoy tomonidan Moʻgʻulistonga keltiriladi. M. Burhon Xoldun mavzeida Chingizxon va Tulixon qabrlari yaqiniga dafn etiladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rashid ad din, Sbornik letopisey, t. 2, M. —L., 1960; Bartol d V. V., Sochineniya, t. 1, M., 1963; Abulgʻozi, Shajarayi turk, T., 1992; Mirzo Ulugʻ-bek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1994.
Hamidulla Dadaboyev[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |