Munkar va Nakir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Munkar va Nakir (arabcha: منكر ونكير)- [[Islom ta'limotiga ko‘ra, o‘lganlarni qabrda dastlabki so‘roq qiluvchi, ulardan yerda qilgan qilmishlari to‘g‘risida hisobot oluvchi va qilgan gunohlariga qarab jazolovchi farishtalar. Munkar va Nakir taqvodor bo‘lgan mayyitlarni to qiyomat bo‘lgunga qadar tinch qo‘yadi, gunohkorlarni esa, aksincha, Alloh qancha xohlasa, shuncha azoblaydilar. Munkar va Nakir nomlari hadislarda eslatiladi, Qur’onda esa, bu farishtalar tilga olinmaydi.