Mumli palmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mumli palmalar - mum beradigan palmalar turkumiga mansub oʻsimliklar. Eng mashhurlari — braziliya va and mumli palmalardir. Braziliya Mumli palmalar yoki karnaubaning boʻyi 10– 12 m, bargi yelpigʻichsimon (diametri 2 m gacha). Braziliya, Boliviya va Paragvay savannalarida uchraydi. Mum kotlami (0,5 sm cha) yosh barglarni nam yoʻqotishdan saqlaydi. Bargidan boʻyra va boshqa buyumlar toʻqiladi. Mumi turmushda va texnikada ishlatiladi. And Mumli palmalarning tanasi mum bilan krplanganidan oppoq, boʻyi 30 m, bargi patsimon, uz. 6–7 m. Kolumbiya And togʻlarining yon bagʻirlaridagi oʻrmonlarda (dengiz sathidan 2500 m balandlikda) usadi. Bitta palmadan yiliga 10 kg mum olish mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil