Mumford & Sons

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mumford & Sons
Mumford & Sons in Teatro Romano Verona 2012.jpg
Mumford & Sons Teatro Romanodagi konsertda, Verona, 2012
Kelib chiqishi London
Mamlakat Angliya bayrogʻi Angliya
Faoliyat 2007—bugun
Janr Folk rock, indie folk, bluegrass
Leybl Gentlemen of the Road
Island
Universal Music
Universal Music Australia
Glassnote
Tarkib
Veb-sahifa mumfordandsons.com

Mumford & Sons ("Mumford va oʻgʻillari") britan folk rock guruhidir. Guruh aʼzolari: Marcus Mumford (vokal, gitara, dovul, mandolina), Ben Lovett (vokal, klavish, akkordeon, dovul), Winston Marshall (vokal, banjo, gitara, dobro) va Ted Dwane (vokal, kontrabas, dovul, gitara). Mumford & Sons 2007-yil dekabrida gʻarbiy Londonda tashkil topgan.

Mumford & Sons "Lova Your Ground" nomli minialbom chiqarib, Birlashgan Qirollik va Qoʻshma Shtatlarda kichik konsertlar berib yurishdi. 2009-yili oktabrida guruhning Sigh No More albomi chiqdi. Albom Irlandiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya chartlarida birinchi raqamni egallab, Qoʻshma Shtatlardagi Billboard reytingida ikkinchi oʻringa chiqdi. 2010-yil 1-dekabrida guruh ikkita GrammyEng Yaxshi Yangi Artist va Eng Yaxshi Rock Qoʻshiq ("Little Lion Man") mukofotiga nomzod qilindi. Guruh 2010-yilda ARIA, 2011-yilda esa Brit mukofotlarini oldi.

Guruhning ikkinchi albomi, Babel, 2012-yil sentabrida chiqdi.[1] Albom Buyuk Britaniya va AQSh chartlarida birinchi oʻrinni egalladi.[2][3] 2013-yilgi Grammy taqdimotida Babel Yil Albomi mukofotini oldi.

2013-yil 20-sentabrida guruh taʼtilga chiqishini eʼlon qildi.[4] 2014-yil 20-iyulida Ben Lovett guruh Londonda uchinchi albomini yozayotgani haqida xabar qildi.[5]

Diskografiyasi[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]