Mukammil Burhonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Burhonov Mukammil (1884, Buxoro — 1938, Toshkent) — Buxorodagi jadidlik harakati namoyandasi. 1910 yildan Yosh buxoroliklar tashkilotining aʼzosi. Buxoroda maktab va madrasalarni isloh qilib, yoshlarga zamonaviy taʼlim berishga harakat qilgan "Tarbiyai atfol" ("Bolalar tarbiyasi") maxfiy jamiyatini tuzishda ishtirok qildi (1910 yil noyabr) Oʻz uyida yashirin ravishda yangi usuldagi maktab ochdi (1912), savodsiz va chalasavodlar uchun kechki kurs tashkil qildi (1913). Jadidlarga qarshi Buxoro amirining zulmi kuchaygach, Buxoroni tark etdi (1918). Amir hokimiyati agʻdarib tashlangach, BXSR adliya noziri, BXSRning RSFSR hukumati xuzuridagi muxtor vakili (1920—24). 20ylar oʻrtalaridan boshlab siyosiy faoliyatni toʻxtatdi. Maqomchilar Ota Gʻiyos va Ota Jaloddan taʼlim olib. jiyani Burhonov Mutavakkilga dastlabki musiqaviy tarbiya berdi. B. 1937 yil qatagʻon qilindi va akaukalari bilan birgalikda 1938 yil 24 sentabrda otib tashlaidi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Oʻzbekistonning yangi tarixi [2kitob], Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida, T., 2000.