Kontent qismiga oʻtish

Muizziddin Bahrom

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muizziddin Bahrom
Sulton

Mamluk sulolasi sultoni Bahrom Shoh tasvirlangan hind miniatyura rasmlari, Munshi Bulaqi Das Sohibning (1881) Tavorix-i Gʻuriy asarida nashr qilingan
6-Dehli sultoni
Saltanat 1240-yil 20-aprel – 1242-yil 15-may
Oʻtmishdoshi Roziya Sulton
Davomchisi Alo ud-din Masʼud
Tugʻilishi 1212-yil 9-iyul[manba kerak]
Dehli
Vafoti 1242-yil 15-may (29 yoshida)
Dafn etilgan joy
Toʻliq nomi
Muizz ud-din Bahrom
Sulola Mamluklar sulolasi
Otasi Iltutmish
Dini Islom

Muizziddin Bahrom (forscha: معز الدین بهرام‎; 1212-yil 9-iyul – 1242-yil 15-may) Mamluklar sulolasining oltinchi sultoni boʻlgan.

U Shamsiddin Eltutmish (1211–36)ning oʻgʻli va uning oʻgay singlisi Roziya Sulton (1236–40)ning ukasi edi[1]. Singlisi subedar malik Altuniya tomonidan Batindada qamoqqa olingan paytda (Altuniya ham, Bahrom Shoh ham Roziya Sultonga qarshi fitna rejalashtirgan) u qirq nafar amirning koʻmagida oʻzini podshoh deb eʼlon qildi. Shunga qaramay, Muizziddin Bahromning ikki yillik hukmronligi davrida dastlab uni qoʻllab-quvvatlagan amirlar tartibsizlanib, oʻzaro doimiy ravishda janjallasha boshladilar. Ana shu beqarorlik davrida u 1242-yilda oʻz lashkari tomonidan oʻldirildi (1242-yil 15-may kuni vafot etdi). Uning vafotidan soʻng, oʻrniga oʻgay akasi Rukniddin Firozning oʻgʻli boʻlgan jiyani Alouddin Masʼud taxtga oʻtirdi.

Oʻqtoyxon Moʻgʻullar imperiyasi nomidan Doyirni Gʻazna qoʻmondoni va Menggetuni Qunduz qoʻmondoni etib tayin qildi. 1241-yil qishida moʻgʻul lashkari Indus vodiysiga bostirib kirib, Lohurni qamal qildi. Biroq Doyir 1241-yil 30-dekabr kuni shaharni shturm qilish chogʻida halok boʻldi va moʻgʻullar shahar aholisini qirib tashlagach, Dehli sultonligi hududidan chiqib ketdilar[2]. Sulton ularga qarshi chora koʻrish uchun juda zaif edi. „Qirq amir“ uni Dehlining Oq qalʼasida qamal qilib, qatl etdilar.

Bahrom Shoh davriga oid buqa va chavandoz tasvirli jital tanga

Roziya Sulton (1240) vafotidan soʻng qirq nafar amir Iltutmishning uchinchi oʻgʻli Bahrom Shohni taxtga oʻtkazishga qaror qildilar. U 1240-yil 21-aprelda Lal Mahal saroyida taxtga oʻtqazildi, biroq oradan biroz vaqt oʻtgach, qirq amir Bahrom Shohning barcha hokimiyatini oʻz qoʻllariga olishga qaror qildilar. Oʻsha paytda vazir Muhajbuddin edi, shunday qilib bu sulolada amalda uchta „hukmdor“ mavjud edi. Muizziddin Bahrom hukmronligi davrida Dehlida bir masjid qurdirgan.

  1. Sen, Sailendra. A Textbook of Medieval Indian History. Primus Books, 2013 — 74–76-bet. ISBN 978-9-38060-734-4. 
  2. Islamic Culture Board-Islamic culture, p.256
Oʻtmishdoshi:
Roziya Sulton
Mamluklar sulolasi
1206–1290
Vorisi:
Alo ud-din Masʼud
Oʻtmishdoshi:
Roziya Sulton
Dehli sultoni
1240–1242
Vorisi:
Alouddin Masʼud