Qoʻrqmas Muhiddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muhiddinov Qoʻrqmasdan yoʻnaltirildi)

Muhiddinov Qoʻrqmas (1946.20.3, Yangiyoʻl shahri) — opera xonandasi (bas). Oʻzbekiston xalqartisti (1986). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1975). 1975-yildan1 Navoiy nomidagi opera va balet teatrida yakkaxon xonanda. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida kafedra mudiri, dotsent (2002-yildan). M. oʻzbek teatrida Yevropa mumtoz operalaridagi asosiy partiyalarni ijro etuvchi yetakchi opera solisti. Chet el operalarida rus, ingliz va italyan tillarida asosiy partiyalarni mahorat bilan ijro etgan. Galitskiy ("Knyaz Igor"), Xon Boboxon ("Tohir va Zuhra"), General-gubernator ("Boʻron"), Mefistofel ("Faust"), Boris Godunov, Pimen ("Boris Godunov"), Don Bazilio ("Sevilya sartaroshi"), Ara-stu ("Sugʻd elining qoploni"), Monterone ("Rigoletto"), Ramfis ("Aida"), Qirol Rene ("Iolanta"), Pyotr ("Pyotr I"), Qozi ("Maysaraning ishi"), Muhammad Sayd ("Zebunniso"), Yunon elchisi ("Buyuk Temur") va boshqa M. sahnada yaratgan asosiy obrazlaridan. Konsert-ijrochilik sohasida ham faol qatnashmoqda. Zamonamizning eng kuchli opera ijrochilaridan boʻlib, keng diapazondagi ovozi, musiqada soʻzlarning donadona ifoda etilishi, ijroda hishayajon, yuqori bas, yoqimli tembri bilan ajralib turadi. Germaniya, Finlandiya, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa mamlakatlar sahnalarida oʻzbek va jahon operasini namoyish etgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil