Muhiddin Umrdinov
Muhiddin Umrdinov (1912.10.4 Quva tumani Boyiston qishlogʻi — 1981.25.5) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Dogʻistonning Derbent shahrida yongʻindan saklash boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan. 1937—39 yillarda va 1942-yildan armiya safida. 1Belorussiya fronti, 3armiyaning 269diviziyasi, 1022oʻqchi polki komandirining yordamchisi. Belorussiyani ozod etishdagi janglarda qatnashgan. Oryol viloyatining qishloqlarini qoʻlga kiritishda kursatgan alohida jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944.4.6). Umrdinov Bixova (Belorussiya) shahrining faxriy fuqarosi. Urushdan soʻng qishlogʻiga qaytib, jamoa xoʻjaligida ishlagan. Qishlokdagi kucha va maktab uning nomi bilan atalgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |