Muharram Orifxonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muharram Majidovna Orifxonovadan yoʻnaltirildi)

Muharram Majidovna Orifxonova (1911, Chimkent — 1974, Toshkent) — botanik olima, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970), biol. fanlari doktori (1965), professor (1968). Toshkent tibbiyot texnikumini tamomlab (1926—31), Margʻilon dorixonasida assistent-farmatsevt boʻlib ishlagan. Oʻrta Osiyo universitetining biol. fakultetini tugatgan (1937). Shu universitet yuksak oʻsimliklar kafedrasida assistent (1942—43), dotsent (1944—68). Ilmiy ishlari, asosan, Fargʻona vodiysidagi oʻsimliklar qoplamini oʻrganishga oid. Orifxonova choʻl yaylovlarini oʻzlashtirish masalalariga qaratilgan bir qancha ilmiy ekspeditsiyalar qatnashchisi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fargʻona vodiysining oʻsimliklar qoplami, T., 1967.