Muhandislik geologiyasi haritasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhandislik geologiyasi haritasi — qurilish moʻljallangan yer maydoniga tegishli har xil muxandislik-geologik omillar (tektonik, geomorfologik, gidrogeologik, gidrologik, geologik va muhandislik-geologik jarayonlarning tarkalish darajasi va boshqalar) aks ettirilgan harita. M.g .x.da togʻ jinslarining tarkibi, fizik-mexanik xossalari eʼtiborga olinadi. Haritalar mazmuniga qarab bir necha guruhga — muhandislikgeologik sharoitlar (yer usti inshootlari qurilishi moʻljallangan hududlar uchun eng muhim maʼlumotlar koʻrsatiladi), muhandislik-geologik rayonlashtirish (region, oblast, rayon va ayrim maydonlar muhandislik-geologik sharoiti hisobga olinadi), maxsus muhandislik (alohida qurilish obʼyekti uchun tuzilib, lyosslarning namlik taʼsirida choʻkishi, surilmalar oʻrni mukammal tasvirlanadi va bashoratlanadi) va boshqa haritalarga boʻlinadi.

Har bir haritaga tushuntirish matni, muhandislik-geologik kesim va shartli belgilar ilova qilinadi. Haritalar turli masshtablarda tuziladi. Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo hududlarining M.g .x. tuzilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil