Muxammas (musiqada)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muhammas (musiqada)dan yoʻnaltirildi)

Muxammas (musiqada) - 1) Oʻrta asr Sharq musiqa nazariyasida iyqo davra (usul)laridan biri; 2) Shashmakrm va Xorazm maqomlari turkumlarining cholgʻu boʻlimlaridan oʻrin olgan asosiy qismlardan biri. M.larning doyra usuli davomli va murakkab boʻlib, 2/4 yoki 4/4 oʻlchovida 16 taktni tashkil etadi. Shashmaqom tarkibida 16 M., Xorazm maqomlari tarkibida 10 M. mavjud. Barcha M.larda bozgoʻy va xonalar hajmi teng keladi. Usuli 5 ritmik boʻlaklardan tashkil topgani uchun (mas, Xorazmda 4+3+2+3+4) M. nomini olgan boʻlsa kerak. Kompozitor M. Mahmudov anʼanaviy musiqa ijodiyoti qonuniyatlaridan unumli foydalanib kamer orkestr uchun 2 qismli "Muxammas va Ufar" 1, 2, 3 asarlarini yaratdi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil