Kontent qismiga oʻtish

Muhammadrizo Shajariyon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammadrizo Shajariyon
محمدرضا شجریان

Shajariyon 2007-yilda
Tavalludi 23-sentyabr 1940-yil
Vafoti 8-oktyabr 2020-yil(2020-10-08)
(80 yoshda)
Tehron, Eron
Fuqaroligi Pahlaviylar davlati va Eron
Taʼlimi Shoh Rizo maktabi
Milliy musiqa maktabi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • kompozitor
  • qoʻshiqnavis
  • xattot
Turmush oʻrtogʻi
  • Farxonda Gulafshon
    (turm. 1962; ajr. 1993)
  • Katoyun Xonsari (turm. 1995)
Bolalari 5, Humoyun va Mujgon

Musiqiy faoliyati

Janrlar Fors anʼanaviy musiqasi
Faoliyat yillari 1959–2016
Leybllar Santur, Tonbak
Veb-sayti mohammadrezashajarian.com

Muhammadrizo Shajariyon (forscha: محمدرضا شجريان‎; 1940-yil 23-sentyabr – 2020-yil 8-oktyabr) – Eronning mashhur mumtoz qoʻshiqchisi, kompozitor va fors musiqasi ustasi edi. Fors mumtoz musiqasining eng buyuk namoyondasi deb tan olingan. Shuningdek, fors xattotligi sohasidagi isteʼdodi bilan ham mashhur boʻlgan.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashhadda tugʻilgan. 5 yoshida otasi rahbarligida qoʻshiq aytishni boshlagan. 12 yoshida oilasining roziligisiz anʼanaviy radiflarni oʻrgana boshlagan. Dindor otasi qoʻshiqchilik faoliyatini maʼqullamagan, shuning uchun Muhammad oʻziga „Siyovush Bidokoniy“ taxallusini tanlagan, ammo keyinchalik oʻzining haqiqiy ismiga qaytgan. Mehnat faoliyatini 1959-yilda Xuroson radiosida boshlab, 1960-yillarda shuhrat qozongan. Shundan soʻng Tehron universitetining sanʼat fakultetiga oʻqituvchi lavozimiga qabul qilingan. Unga bir qator taniqli eronlik qoʻshiqchilar taʼsir koʻrsatgan. 2012-yilda bergan intervyusida Jalil Shahnoz Muhammadga eng katta taʼsir koʻrsatganini aytib oʻtgan. Shajariyon hayoti davomida 19 ta albom yaratgan[1].

„Bidoyad“ albomida goʻzal maskanning kushxonaga oʻxshab borayotgani haqida soʻz yuritilgan. 2012-yilda Sakramentoda bergan suhbatida bu soʻzlarni Islom inqilobidan soʻng Erondagi tuzumni tasvirlash uchun tanlaganini taʼkidlagan. Shuningdek, oʻzining „Eron, umid mamlakati“ qoʻshigʻini radio va televideniyeda efirga uzatishni toʻxtatishni talab qilgan, chunki bu qoʻshiq mamlakatdagi hozirgi vaziyatga umuman aloqasi boʻlmagan.

  1. „Mohammad Reza Shajarian“ (en). Discogs. 2017-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyun.
  2. روزنا Retrieved 23 January 2007.
  3. Steve Inkeep.. „Mohammad Reza Shajarian: Protest Through Poetry“. NPR (2010-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 23-dekabr.
  4. وقتی شجریان، شوالیه فرانسوی ها شد +تصاویر[sayt ishlamaydi]
  5. „جایزه ویژه بنیاد آقاخان به محمدرضا شجریان تقدیم شد فارسی“. BBC News (2019-yil 1-aprel). 2023-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan.