Muhammadrasul rasuliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammadrasul rasuliy (1884 — Toshkent — 1935) — oʻzbek maʼri-fatparvari, pedagog . Toshkentdagi Beklarbegi madrasasida oʻqigan. 1907 yildan rus-tuzem maktablarida dars bergan. 1917 yildan keyin maktablarda oʻqituvchilik qilgan, savodsizlikni tugatishda faol ishtirok etgan. Rus-tuzem va yangi usuldagi maktablar uchun darsliklar ("Rahbari forsiy", "Qiroati forsiy yoxud muntaxabi guliston", "Bolalar bogʻchasi") yozgan. "Rahbari forsiy" kitobi (1911, 1914, 1917 yillarda nashr etilgan)da fors tili qoidalari oʻzbek tilida bayon qilingan. "Qiroati forsiy yoxud muntaxabi guliston" (1916) xrestomatiya kitobida qisqaqisqa forscha matnlar 56 darsga boʻlib berilgan, baʼzi forscha soʻzlarga oʻzbekcha izoh yozilgan. "Bolalar bogʻchasi" alifbe kitobi boʻlib, tovush usulida tuzilgan. Uning 2nashri 1917 yil Toshkentda chiqqan. Bu darslikda K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy, SM. Gramenitskiyning oʻquv kitoblaridan tarjimalar berilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil