Najimaddin Muhammaddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muhammaddinov Najimaddindan yoʻnaltirildi)

Najimaddin Muhammaddinov (1937.26.8, Qoraqalpogʻiston, Taxtakoʻpir tumani) — qoraqalpoq kompozitori. Qoraqalpogʻiston (1974) va Oʻzbekiston (1977)da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Olmaota konservatoriyasini tugatgan (1971). Berdaq nomidagi Qoraqalpoq filarmoniyasi badiiy rahbari (1971—77), Qoraqalpogʻiston kompozitorlar uyushmasi raisi (1977— 88), Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat ishlari vaziri (1986—99), Nukus sanʼat kolleji direktori (1999-yildan). "Birinchi qoraqalpoq simfoni-yasi", birinchi milliy opera ("Ajiniyoz", 1987) va baleti ("Ayjamal", 1997) ni yaratgan. Simfonik va vokalsimfonik, kamer-cholgʻu (fortepiano uchun sonata, variatsiyalar va boshqalar) va ka-mervokal (mas, "Nereste" balladasi) asarlari, "Keng dala", "Quvnoq oʻlkam", "Boʻlmas", "Yeryor aytayin", "Mustaqillik gullari" qoʻshiklari muallifi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil