Muhammadali Tursunov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammadali Tursunov (1938.27.7, Qoʻrgʻontepa tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1994). Andijon pedagogika institutini tugatgan (1967). 1967 yildan Qoʻrgʻontepa tumanidagi 35maktab oʻqituvchisi. Boshlangʻich sinf xonasini texnika vositalari va lingafon apparatlari bilan jihozlagan. "Sehrli kubiklar", "Sehrli kvadratlar", "Sehrli kitobcha" ixtiro qilgan va taʼlim jarayonida ulardan foydalanadi. "Xumo" alifbo darsligi muallifi.