Muhammad voris

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad voris (17-asr) - tarixchi va adib. Avrangzeb davrida yashagan. M. V. "Shoh Jahonnoma" ("ShohJahon davri tarixi") va "Zubdat ul-hikoyot" ("Hikoyalar sarasi") nomli fors tilida yozilgan asarlar muallifi. "Zubdat ul-hikoyot" bir necha tarixiy asarlar ("Tarixi Tabariy", Muhammad Avfiyning "Lubob ul-albob", "Boburnoma", Abulfazl Allomiyning "Tarixi Akbarshohiy" va boshqalar) asosida yozilgan boʻlib, undagi hikoyalarning koʻpchiligi Avrangzebga bagʻishlangan. "Zubdat ulhikoyot"ni Ogahiy oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Bu asar Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil