Muhammad Temur sulton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muhammad temur sultondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Muhammad temur sulton (? - 1521, Samarqand) — shayboniylardan. Shayboniyxonning oʻgʻli. Shayboniylar Movarounnahrni egallaganlarida M.Muhammad temur sultonga poytaxt Samarqand va uning viloyati berilgan (1501), uning oʻgʻli Poʻlod sultonga Xorazm tekkan. Balx (15O5)ni egallagan. 1505—07 yillarda M.Muhammad temur sulton Ubaydulla sulton bilan birga te-muriylardan Faridun Husayn mirzo va uning ukasi Ibn Husayn mirzoni Raboti Dudar mavzeida tormor etgan. 1507 yil Shayboniyxon Hirotni olgach, M.Muhammad temur sulton va Ubaydulla sultonlarni Abul-muhsin mirzo va Kepak mirzoga qarshi Mashhadga yuborgan, ular zafar qozonishgan. Otasi Ismoil I Safaviy bilan Marv yonida jang qilganida (1510) yordamga kech qolgan. 1511 — 12 yil larda Movarounnaxr va Toshkent uchun shayboniylarning Bobur bilan boʻlgan kurashlarida qatnashgan. Turkiston, Sirdaryo boʻyidagi shaharlarga egalik qilish uchun qozoq sultonlari (Qosimxon va boshqalar) bilan kurashgan (1513 yildan). 1511 yil martda Suyunchxoʻjaxon Boburni qizil-boshlilar bilan ittifoklikda Movarounnahrga hujum qilishidan xavfsirab Chagʻoniyon mulkini Maxdiy sulton va Hamza sultonlardan ajratib olib, u yerga M.Muhammad temur sultonni joʻnatgan. 1512 yil Koʻli Malik jangitsa Ubaydulla sulton, Jonibek sulton va M.Muhammad temur sultonlarning birlashgan qoʻshini Bobur ustidan toʻliq gʻalabaga erishgan. 1513 yil 11 martda Ubaydulla sulton bilan birgalikda Marvni egallagan. M.Muhammad temur sulton davrida Samarqandda obodonchilik -qurilish ishlari olib borilgan. Oliyai xoniya madrasasi va M.Muhammad temur sultonning xotini Mehr Sulton xonim tomonidan qurilgan Xoniya madrasasi lojuvard va zarhal koshinlar bilan bezatilgan juda katta peshtoq bilan birlashtirilgan edi. Madrasa su-pasida, aniqrogʻi, daxmada samarqandlik shayboniylar avlod-ajdodi dafn etilgan. Samarqandning sharqiy qismida yangi mahalla (Nav) paydo boʻlib, bu yerda Samarqand zodagonlarining bogʻlari joylashgan, ular orasida Dil-afroʻz bogʻi oʻzining goʻzalligi bilan ayniqsa shuhrat qozongan edi. M.Muhammad temur sulton davrida Samarqandda ilm-fan, madani-yat, sanʼat rivojlangan, koʻplab mashhur shoir, adiblar, tarixchilar ijod qilgan (qarang Buxoro xonligi).

Faxriddin Hasanov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil